Di Natale faoliyatini davom ettirishga qaror qildi
19 may 2014 20:41
Yangiliklar
Di Natale faoliyatini davom ettirishga qaror qildi
Udineze hujumchisi Antonio Di Natale yana bir mavsum futbolchi sifatida maydonda harakat qilishga qaror qildi.
Yanvar oyida 36 yoshli hujumchi mavsum yakunlanganidan so'ng faoliyatini yakunlashini elon qilgandi.
Lekin, endilikda u A seriyada 200-golini ham kiritish uchun yana bir mavsum to'p surishga qaror qildi. Ayni paytda u Italiya chempionatlari to'purarlari ro'yhatida 7-o'rinni egallab turibdi.
Di Natale bu mavsumda Italiya chempionatida 17 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar