So’nggi yangiliklar

01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  1 00:04"Ювентус" - "Верона". Таркиблар билан танишинг  0 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  6 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  3 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  9 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  1 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  1 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  7 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  14 18:28Венгер "Олтин тўп" учун 3 нафар асосий даъвогар номини айтди  22 17:59"Арсенал" ҳужумчисини сотиши мумкин  2

Transfer taqiqi joriy etilgunga qadar ro'yxatdan o'tkazilgan "Neftchi" futbolchilari jamoada o'ynay oladimi? Alisher Nikimbaev vaziyatga oydinlik kiritdi Yangiliklar

Transfer taqiqi joriy etilgunga qadar ro'yxatdan o'tkazilgan "Neftchi" futbolchilari jamoada o'ynay oladimi? Alisher Nikimbaev vaziyatga oydinlik kiritdi

Taniqli futbol eksperti Alisher Nikimbaev Telegram'dagi sahifasida "Neftchi"ga qo'yilgan transfer taqiqi, FIFA va PFL reglamentidagi nozik masalalar xususida to'xtaldi.

"O'quvchilar "Neftchi"ni nima kutayotgani haqida so'rashadi. Transfer taqiqi joriy etilgunga qadar ro'yxatdan o'tkazilgan futbolchilar jamoada o'ynay oladimi?

Malumki, qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas. Demak, agar FIFA 27 yanvar kuni transferlarga taqiq qo'ygan bo'lsa, o'sha kungacha ro'yxatdan o'tgan barcha futbolchilar O'zbekiston chempionatida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. Agar futbolchilar bilan shartnoma tuzilgan, ammo ro'yxatdan o'tkazilmagan bo'lsa, ular "Neftchi" safida chempionatda o'ynay olmaydi. "Neftchi" bu futbolchilarni yo qo'yib yuborishi yoki mashg'ulotlarda qatnashgani uchun maosh to'lashda davom etishi kerak.

Lekin qiziq tomoni shundaki: FIFA tomonidan qo'yilgan taqiqdan tashqari, dekabr oyi oxirida "Neftchi"ga O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan transfer taqiqi qo'yilgan. Yani 10 dekabr kuni boshlangan qishki transfer davrining katta qismida "Neftchi" futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish huquqiga ega bo'lmagan.

Keling, "Neftchi" O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan transferlarga taqiq qo'yishidan oldin nima qilganiga qaraymiz. 9 dekabr kuni PFL Telegram kanali "Neftchi" birdaniga 6 nafar nafar futbolchi – Abror Ismoilov, Vladimir Yovovich, Zoran Marushich, Toma Tabatadze, Yovan Jokich va Muhammadali G'iyosovni ro'yxatdan o'tkazgani haqida yozgan edi. Bundan tashqari, Tabatadzedan tashqari hamma transferlar haqidagi xabarga "limitdan tashqari" degan yozuv ham qo'shilgan. Gap qishki transfer oynasida 10 nafar yangi o'yinchini qo'shib olish mumkin bo'lgan qaydnoma limiti haqida bormoqda.

Men 2025 yilgi Superliga va Pro liga musobaqalari reglamentini ochib ko'rdim va limitni qanday chetlab o'tishni tushuntiruvchi maqolani topishga harakat qildim, lekin hech narsa topa olmadim. Aniqrog'i, qoidalardan istisnolarni topdim, 2003 va undan keyin tug'ilgan yosh futbolchilar uchun. SHunday qilib, 5 nafar yangi kelganlarning hech biri bu toifaga kirmaydi.

PFL materiallaridan malum bo'lishicha, agar transfer davri boshlangunga qadar futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazsangiz, limitdan oshib o'tsa bo'ladi. Yani, PFL o'z reglamenti ruxsat bermaydigan ishlarni qilyapti. Bu sizni ajablantiradimi? Meni esa yo'q.

Ammo, keling, boshqa savol beraylik. Umuman, transfer oynasidan tashqarida futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish mumkinmi?

FIFAning futbolchilarning maqomi va transferi to'g'risidagi reglamenti 6-moddasida juda oddiy qismi bor:

Futbolchi faqat tegishli Associaciya tomonidan belgilangan yillik transfer davrining ikkisidan birida ro'yxatga olinishi mumkin.

Albatta, har bir davlatda futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish futbolchilarning maqomi va transferlari bo'yicha mahalliy reglament asosida amalga oshiriladi. Biroq FIFA Reglamentining 6-moddasi mahalliy qoidalarda o'zgartirishlarsiz qo'llanishi kerak bo'lgan moddalardan biridir.

Albatta, FIFA qoidalarida istisnolar mavjud:

1. Klub tomonidan qoidabuzarliklar tufayli shartnomasi bekor qilingan futbolchilar.

2. Transfer davri tugaguniga qadar erkin agent maqomini olgan futbolchilar transfer davri tugagandan keyin (lekin boshlanishidan oldin emas) ro'yxatga olinishi mumkin.

3. Onalik, farzand asrab olish va parvarishlash huquqidan foydalanayotgan futbolchini vaqtincha almashtirayotgan ayol futbolchilar transfer muddatidan tashqari ro'yxatga olinishi mumkin.

4.Onalik, farzand asrab olish va parvarishlash huquqidan foydalanib, tatildan qaytayotgan ayol futbolchilar transfer muddatidan tashqari ro'yxatga olinishi mumkin.

Ko'rib turganimizdek, "Neftchi" elon qilgan futbolchilarning hech biri bu istisnolardan birortasiga to'g'ri kelmaydi.

SHunday ekan, PFL futbolchilarni transfer davri boshlangunga qadar ro'yxatdan o'tkazib, FIFA Reglamentini buzmoqda. Bu sizni ajablantiradimi? Meni esa yo'q.

Darvoqe, balki shuning uchun, PFL FIFAdan bu kabi ahmoqona shartlarni yashirish uchun o'z Reglamentida futbolchilarni transfer davri ochilgunga qadar ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berish haqida yozmaganmikan?

Kecha bir paytlar FIFAning yuridik bo'limida ishlagan hamkasbimga xabar yuborib, vaziyatga izoh berishini so'radim. U juda hayratlanganini aytish hech narsa demaslikdir. Biroq men bundan hayron emasman.

PFLning hozirgi rahbarlari 8 yildan beri na o'zining, na FIFAning reglamentini hurmat qilishni o'rgangan. Qolaversa, reglamentni yozayotganlarning mantig'i ham shubha uyg'otadi. Masalan, 2025 yil Reglamentida quyidagilar aytilgan:

Xorijlik mutaxassislar va futbolchilar bilan shartnoma imzolash uchun klub 2025-26 yilgi mavsum uchun OFK licenziyasiga ega bo'lishi kerak.

PFLning o'zi 2025-26 yilgi mavsum uchun licenziyani faqat aprel oyida berishini inobatga olsak, hozirgi paytgacha O'zbekistonning birorta klubi xorijlik futbolchilar bilan shartnoma imzolash huquqiga ega emas ekan.

Bilasizmi, meni nima haqiqatan ajablantiradi? Klublar diletantlar tomonidan boshqarilishiga jimgina chidashlari.

Jurnalistlarning jim turishi meni ajablantirmaydi. Ko'pchilik nima bo'layotganini tushunmaydi. Tushunadigan kam sonli odamlar muammolar haqida gapirishdan qo'rqishadi", – deyiladi xabarda.

"Neftchi"ga FIFA tomonidan transfer taqiqi qo'yildi! 

Reyting: +7   

Fikrlar

+2   
01 fev 12:56:23
Sanko-liderchi
Bilasizmi meni nima xayron qoldiradi, Alisher Nikimbayev PFL ni xozirgi rahbariyati haqida umuman gapirmayman deb hech kim so'ramasa ham e'lon qilgandi
+2   
01 fev 12:36:35
Qarshi
Kavlashdan bosh ishi yoq, uzing nimani qoyillatgansan ufada ishlagan vaqting
+2   
01 fev 12:27:23
International
Маши одам ёмон крысаде, качон карасам ПФЛ бн Диёри кетини ковлиди, шахсий адоватии бор шакил, яхши ишлари хакида умуман гапирмиди. Диёр битта интервьюсида этуди "Ман Никимбаев хакида биладиганларими этсам бошини котариб юромиди, лекин ман уни даражасига тушиб одамлани оркасидан ёмонлаб юрмиман" деб.
+2   
01 fev 12:20:24
Umidjon Karimov
Узи бу Никинбаев ким нима лавозимда ишледи ёки танкидчи игсайдерми ёки кувловчими санга нима регламент такик
+1   
01 fev 13:17:31
Zero Zero
Diyor kelib oʻzgargan narsalar maydonlar sifati yahshilandi futboʻlchilarni oyligi klubda qolib ketmaydi kechikishbilan boʻlsada oladi superligada havodan komanda paydoboʻlib qolmaydi .dinamo paydo bolibqolganda Diyor maksimum harakat qilgandi lekin kuchi yetmadi.hozir hammasi joyida endi.muamolar ligoner darvozabonga vaqtincha taqiq qoʻyish kerak sudyalarni Sal penalti berishini qatiqroq tekshirish kerak muhlislarni stadionga qaytarishni oʻylash kerak
   
02 fev 14:03:22
Ravshan Xomidov
Aziz Abdullayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Alyoshani òzi bir paytlar futbolimizda qandaydir lavozimda ishlagan òsha paytlar eng rasvo paytlar edi hech narsani qoyillatmagan qatarliklar buni qanday ishga oldi hayronman haqiqatdan Diyorni kòp kavlashtiradi jirkanhlik
Haqiqatni noqonuniy ishlanganini aytsa ket kovlashmi bu shunda. . . Biror kim sizni urib ketsa lekin qonun bo'yicha chora ko'rilmasa . . . Unda nima derdingiz. . .
   
01 fev 20:43:40
Aziz Abdullayev
Sanko-liderchi foydalanuvchining fikriga javob berish
Bilasizmi meni nima xayron qoldiradi, Alisher Nikimbayev PFL ni xozirgi rahbariyati haqida umuman gapirmayman deb hech kim so'ramasa ham e'lon qilgandi
Chunki bu alisherda aytadiyam ...............
   
01 fev 20:40:39
Aziz Abdullayev
Абдулазиз Кодиров foydalanuvchining fikriga javob berish
ПФЛнинг ҳозирги раҳбарлари 8 йилдан бери на ўзининг, на ФИФАнинг регламентини ҳурмат қилишни ўрганган. Қолаверса, регламентни ёзаётганларнинг мантиғи ҳам шубҳа уйғотади. Масалан, 2025 йил Регламентида қуйидагилар айтилган: Хорижлик мутахассислар ва футболчилар билан шартнома имзолаш учун клуб 2025-26 йилги мавсум учун ОФК лицензиясига эга бўлиши керак. ПФЛнинг ўзи 2025-26 йилги мавсум учун лицензияни фақат апрель ойида беришини инобатга олсак, ҳозирги пайтгача Ўзбекистоннинг бирорта клуби хорижлик футболчилар билан шартнома имзолаш ҳуқуқига эга эмас экан. Биласизми, мени нима ҳақиқатан ажаблантиради? Клублар дилетантлар томонидан бошқарилишига жимгина чидашлари. Журналистларнинг жим туриши мени ажаблантирмайди. Кўпчилик нима бўлаётганини тушунмайди. Тушунадиган кам сонли одамлар муаммолар ҳақида гапиришдан қўрқишади", – дейилади хабарда. АГАР ШУ РОСТ БОЛСА ПФЛ ниманудур узгартириш керак эмасми. Бизда хакикатни ёзадигон танкид ва тахлил кила оладигон нор журналистлар хам йукда болсахам бари куркоклар ха куркоклар. Ривожланиш качон болади бу кетишда.....
Alisherni òzi diletant
   
01 fev 20:27:04
Aziz Abdullayev
Nega doim championat asia alisherdan sòraydi oydinlik kiritishni boshqa saytlar sòramaydi taxminan bilaman lekin aytmayman janob Xasbiullin
   
01 fev 20:09:17
Aziz Abdullayev
Diyorni dushmanlarini mnogo ligini nikimbayevni opkeb qòyilar keyin yana boshlanadi buyk turĝunlik
   
01 fev 20:03:58
Aziz Abdullayev
Ифтихорим foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu degani neftchi uzi bilan UFF niyam tortib ketadi gruppavoy deyapti alisher aka
Tòĝri .Nima tòĝri. Notòĝriligi tòĝri .Tòppa tòĝri omad hamisha kelavermaydi filmidan
   
01 fev 19:58:31
Aziz Abdullayev
Lyosha zdes
   
01 fev 13:41:38
Aziz Abdullayev
Nikimbayevni òziyam registatsiyadan òtganmi deyman minus bosibdi
   
01 fev 13:36:03
Феномен
Шу вилоят жамоси кутарилмасин эканда дарров кет ковлайди булар
   
01 fev 12:43:42
Aziz Abdullayev
Alyoshani òzi bir paytlar futbolimizda qandaydir lavozimda ishlagan òsha paytlar eng rasvo paytlar edi hech narsani qoyillatmagan qatarliklar buni qanday ishga oldi hayronman haqiqatdan Diyorni kòp kavlashtiradi jirkanhlik
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика