"Neftchi"ga FIFA tomonidan transfer taqiqi qo'yildi!

Administrator
29 yanv 2025, 21:39
Farg'ona klubi taqiqqa uchradi.

FIFA saytida "Neftchi" klubi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha  taqiqqa uchragani bo'yicha ma'lumot paydo bo'ldi. Bu taqiq uchta transfer oynasi uchun amal qiladi. Ushbu taqiqqa murabbiy Vladimir Ejurov oldidagi qarzdorlik bartaraf etilmagani sabab bo'lgan.

Avvalroq, "Neftchi"ga mavsum boshida shartnoma imzolagan hududiy akademiya oldidagi qarzini bartaraf etmagani uchun O'FA tomonidan taqiq qo'yilgani xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, "Neftchi" klubi ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia