Lionning asosiy futbolchisi Saudiyaning 2-ligasiga yo'l oldi
01 fev 09:51
Yangiliklar


Lionning asosiy futbolchisi Saudiyaning 2-ligasiga yo'l oldi
Lion vingeri Said Benrahma faoliyatini Saudiya 1-divizionida davom ettiradi.
29 yoshli futbolchini «Neom» klubi ijaraga oldi. Agar saudiyaliklar Saudiya Proligasiga yo'l olsa, «Neom» jamoasi yarim himoyachini to'liq sotib oladi. Kelishuv 12+3 million evroga baholangan.
Malumot uchun, Said Benrahma joriy mavsum «Lion» tarkibida barcha musobaqalarda 22ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urgan va 6ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar