So’nggi yangiliklar

12:43Игорь Сергеев: "Бухороликларга тушкунликка тушмасликларини тилайман. Буни ҳаёт, буни футбол дейдилар"  0 12:26Владимир Назаров: "Голли узатма амалга ошириш ёқимли. Лекин бу кўрсатмаларнинг бир бўлаги эди"  0 12:09Муҳаммадали Ўринбоев: "Европага яна йўл олиш? Яхши янгиликлар бўлиб қолади"  1 11:48Иброҳим Ибрагимов: "Хорижлик мураббийнинг кўрсатмаларини тўлиқ англамагандирмиз"  4 11:23"Интер"ни икки ҳужумчи тарк этиши мумкин  0 09:53Германиянинг 6 карра чемпиони 7 йиллик танаффусдан сўнг Бундеслигага қайтди  7 09:25“Барселона“ “Эл Класико“ олдидан икки футболчисини қайта тиклаганини эълон қилди  18 09:24Суперлига. Бугун 9-тур якунланади  1 08:51“Пахтакор“ “Бухоро“ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:23Sofascore. “Ризеспор“ мағлуб бўлган баҳсда Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56ОФК Чақирув кубоги. Қўшниларимиз бош совринга эга чиқишди  5 07:25Мессининг голи ҳам “Интер Майами“га йирик мағлубиятдан қутилиб қолишга ёрдам бермади  8 01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  4 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  21

Bugun qura. U qanday tartibda o'tadi? Yangiliklar

Bugun qura. U qanday tartibda o'tadi?

Teglar :  Superligaqura
Superliga yangi mavsumiga bugun qura tashlanadi.

Marosim 18:00 dan boshlab Futbol TV orqali jonli efirga olib chiqiladi.

Birinchi navbatda joriy mavsum uchun qabul qilib olingan va hozirga qadar to'liq tayyor holatga kelmagan stadionlar ro'yxati bilan tanishtirib o'tamiz. Ayni vaqtda 11 ta stadion uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor. Yana 3 ta stadionda tamirlash ishlari davom etayotgan bo'lib, ular shu yilning aprel oyiga qadar tayyor bo'lishi ko'zda tutilgan. Aynan shu jihat quraga o'z tasirini ko'rsatadi.

Superligaga odatga ko'ra Berger tizimida qura tashlanadi. Bunda 16 jamoaga tushishi mumkin bo'lgan har bir raqamning o'z jufti mavjud va o'zaro juft raqamlar quyida aks etgan. SHuningdek, musobaqaning ilk turida o'zaro to'qnash keladigan raqamlar ko'rsatilgan.

Maydoni tayyor bo'lmagan klublardan Qo'qon-1912 hamda Qizilqum masalasi nisbatan yaqin hududlardagi stadionlar orqali hal etilgan. Biroq mavsumning qolgan qismini Buxoro shahrida davom ettirishi kutilayotgan Buxoro va Mashal klublari ilk turlarni mos ravishda Paxtakor va OKMK klublari maydonida o'tkazishi mumkin.

SHundan kelib chiqib, ular avvaliga Paxtakor va OKMK klublari bilan juftlik hosil qilishi, keyinchalik esa o'zaro juft jamoaga aylanishi lozim. Sir emaski, juft jamoalarni ajratib olish negizida muayyan turda ulardan biri o'z maydonida, ikkinchisi esa safarda to'p surishini taminlash yotadi. Buxoro va Mashal klublarining bir necha tur davomida boshqa klublar bilan, keyinchalik esa o'zaro juft bo'lishida mazkur qoidani o'zgartirmaydigan faqatgina ikki raqam mavjud: 1 va 8. SHundan kelib chiqib, quraning ilk bosqichida Buxoro va Mashal klublari mazkur ikki raqamdan biriga ega chiqishi taminlanadi. O'z-o'zidan Paxtakor va OKMK mavsum startida ular bilan bir arenadan foydalanishi inobatga olinib, ular mos ravishda 9 hamda 16 raqamlari bilan yuzlashadi.

Anglashilinadiki, dastlabki turda Mashal va Buxoro juftligiga har qanday holatda ham OKMK va Paxtakor juftligi raqib bo'ladi. Biroq ilk tur aynan qanday ko'rinishda bo'lishi qura yordamida aniqlanadi. SHuningdek, Buxoro va Mashal dastlabki turlarni Toshkent hududida o'tkazishi inobatga olinib, tenglikni taminlash maqsadida ular 2-davrada raqiblarini o'z maydonida qabul qilishi taminlanadi hamda ilk turdagi ikki to'qnashuvda mezbon-mehmon o'rni almashadi.

Quraning ikkinchi bosqichida yana uch juftlik jamoalari o'z raqamiga ega chiqishi taminlanadi. Yani, Qo'qon-1912, Qizilqum, SHo'rtan klublarining stadioni tayyor bo'lgunicha, ularning mos ravishda Farg'ona, Samarqand hamda Qarshi shaharlarida to'p tepishi inobatga olinadi. Mazkur 6 klub uchun raqamlar saralab olingach, quraning uchinchi bosqichiga o'tiladi.

Suratdan anglashilganidek, juftlik hosil qilmagan qolgan 6 ta klub uchinchi bosqichda o'z raqamiga ega chiqadi. Bu bosqichda klublar nomi solingan sharchalar allaqachon savatda bo'ladi. Ikkinchi savatga esa shu vaqtgacha 10 ta klubga nasib qilmagan va ortib qolgan 6 ta raqam alohida ko'rsatilgan holda joylashtirib chiqiladi.

Malumot uchun, Qo'qon-1912, Buxoro, Mashal, Qizilqum kabi klublar qachon o'z maydoniga qaytishi faqatgina ularning o'ziga bog'liq. Agar stadionlar 23 fevral sanasiga qadar Liga tomonidan qabul qilib olinsa, ular mavsumni o'z uyida ham boshlashi mumkin. Biroq har qanday holatda ham Buxoro va Mashal ilk turni mehmonda o'tkazishi masalasiga o'zgartirish kiritilmaydi.

Quyida esa 1-davraning to'liq taqvimi qanday ko'rinishda bo'lishi keltirib o'tilgan. Quradan keyingi haftada Liga uchrashuvlar sanalarini elon qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика