Di Mariya "Yuventus"ni tark etish niyatida emasligini aytdi
23 jan 2023 13:51
Yangiliklar
Di Mariya "Yuventus"ni tark etish niyatida emasligini aytdi
"Yuventus" yarim himoyachisi Anxel Di Mariya jamoadan ketish haqida o'ylamayotganini takidladi.
"Albatta, hozir safimizga qo'shilish uchun qulay fursat emas, chunki klub muammoga duch keldi. SHunga qaramay, "Yuventus" buyukligicha qolmoqda, asosiysi – kuchli bo'lib qolish va o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishda davom etish. Men har doim oilamni hisobga olib qaror qabul qilaman va oilam Turinda baxtli. "Yuventus" – Italiyadagi eng katta klub, Evropaning asosiy klublaridan biri, biz hammasidan mamnunmiz", – dedi Di Mariya.
Di Mariya 2022 yilning iyulida erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tgandi, 34 yoshli argentinalik futbolchining bitimi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchi 2022/23 yilgi mavsumda 14 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar