Di Mariya jarohat sabab "Loryan"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
02 apr 2022 18:52
Yangiliklar


Di Mariya jarohat sabab "Loryan"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
PSJ hujumchisi Anxel Di Mariya "Loryan"ga qarshi Franciya chempionati 30-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.
34 yoshli argentinalik futbolchi bugungi mashg'ulotlar davomida mushaklarida noqulayliklar his qildi. Klub yaqin kunlarda futbolchining holati bo'yicha yangi bayonot beradi.
Di Mariya 2021/22 yilgi mavsum PSJ tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.
PSJ - "Loryan" o'yini ertaga bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar