Di Mariya: "Golli uzatmalar menga quvonch bag'ishlaydi"
06 okt 2022 14:35
Yangiliklar
Di Mariya: "Golli uzatmalar menga quvonch bag'ishlaydi"
Anxel di Mariya CHempionlar Ligasida "Yuventus"ning "Makkabi" ustidan qozonilgan g'alabasi (3:1) haqida gapirdi.
Turinliklar vingeri bu uchrashuvda uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Biz ajoyib ish qildik. Bugun men jamoaga g'alaba qozonishga yordam berdim. Ketma-ket 2 ta o'yinda 3 ta gol urib, g'alabaga erishdik. Lekin eng muhimi, biz shunga harakat qildik.
Golli uzatmalar menga quvonch bag'ishlaydi. Men shunchaki o'z ishimni qilaman va bundan zavqlanaman. Jamoadoshlarimga gol urishga yordam berish va ularni bu bilan xursand qilishni yoqtiraman", – dedi di Mariya.
Avvalroq di Mariya musobaqadagi umumiy assistlari soni bo'yicha Messidan o'zib ketgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar