Desham Franciyaning yangi asosiy darvozaboni nomini aytdi
21 mar 2023 13:26
Yangiliklar
Desham Franciyaning yangi asosiy darvozaboni nomini aytdi
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jamoaning yangi asosiy darvozaboni kim bo'lishini ochiqladi.
Bu rol "Milan"ning 27 yoshli futbolchisi Mayk Menyanga ishonib topshirildi.
"Asosiy darvozabonimiz Mayk Menyan bo'ladi. Biz bu masalani muhokama qildik va ierarxiyani hurmat qilish kerak degan xulosaga keldik. Ha, bu poziciya uchun tajriba muhim, ammo bu tanlov uchun yagona mezon emas".
Franciyaning avvalgi asosiy posboni Ugo Loris 2022 yilgi Jahon chempionatidan so'ng faoliyatini yakunladi.
Fikrlar