"Manchester Siti" sobiq futbolchisi: "Erkaklar bolalarni mag'lub qildi"
20 fev 23:45
Yangiliklar
"Manchester Siti" sobiq futbolchisi: "Erkaklar bolalarni mag'lub qildi"
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Mayka Richards "shaharliklar"ni tanqid qildi.
Kecha "Siti" Ispaniyada "Real"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi va ECHLdan chiqib ketdi.
"Futbolda asosan kuchli jamoalar g'alaba qozonadi, bu safar erkaklar bolalarni mag'lub qildi. "Real" shunchaki zo'r o'ynadi.
Bu o'yin "Manchester Siti"ning butun bir mavsumini ko'rsatib berdi: tezlikda yutqazish, to'p bilan va to'psiz juda yomon o'yin, gol urishda, himoyada muammo, jarohatlar. Bugun shularning barchasi ko'zga tashlandi, ayni paytda ular bundan qutula olishmayapti.
"Real"ga ham tan berish kerak: Mbappe, Valverde aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatdi. Bu o'yinni stadiondan tomosha qildim va hayratda qoldim", - dedi Richards.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar