Depay "Tottenxem" taklifini rad qildi
19 iyu 2022 19:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/709040_original.jpg)
![](/upload/storage/709040_220.jpg)
Depay "Tottenxem" taklifini rad qildi
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay "Tottenxem"ga o'tishni istamadi.
Manbaning yozishicha, futbolchi Angliya Premer-ligasiga qaytmoqchi emas.
Xabarlarga qaraganda, "Barselona" Depay bilan xayrlashish niyatida va uning transferi uchun 20 million evrodan ko'proq pul so'ramoqda.
28 yoshli Depay o'tgan mavsum "Barselona" safida barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar