Depay MYUda 7-raqamda o'ynaydi
07 avg 2015 18:09
Yangiliklar
Jamoaning yangi azosi gollandiyalik Memfis Depay PSJga o'tib ketgan Anxel Di Mariyadan bo'shab qolgan 7-raqamni oldi.
Bu raqamda Manchester Yunaytedda Jordj Best, Brayan Robson, Erik Kantona, Devid Bekxem va Krishtianu Ronaldu kabi mashhur futbolchilar o'ynashgan.
Franciyalik futbolchi Morgan SHnayderlin 28, Bastian SHvaynshtayger esa 31-raqamni oldi. Italiyalik himoyachi Matteo Darmian yangi jamoasida 36-raqamda harakat qildi.
Himoyachi Lyuk SHou 3dan 23-raqamga, belgiyalik yarim himoyachi Maruan Fellayni – 31dan 27-raqamga o'tdi.
Yosh hujumchi Jeyms Uilson 19-raqamga o'tdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar