So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  9 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  14 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

"Denov" futbol jamoasi Surxondaryo viloyati kubogini qo'lga kiritdi Yangiliklar

"Denov" futbol jamoasi Surxondaryo viloyati kubogini qo'lga kiritdi

Teglar :  DenovSurxondaryo
Kecha Uzun tumanida futbol bo'yicha Surxondaryo viloyati kubogi final bahsi bo'lib o'tdi. Unda "Denov" va "Qumqo'rg'on" jamoalari o'zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan bahsda Madibek Badalov boshchiligidagi "Denov" futbol klubi g'alaba qozonib, viloyat kubogini qo'lga kiritdi. Ushbu bahsni Respublika toifasidagi hakam Rustam CHoriev boshqarib bordi. Biz turnir haqidagi fikrlari va taassurotlarini bilish maqsadida jamoa murabbiyiga yuzlandik.

"Sanjar SHomurodov viloyat futbol associaciyasiga kelgach futbolga bo'lgan qiziqish uyg'ondi. Futbolni yuksaltirishga harakat bo'lyapti. Xudo xohlasa "Denov" jamoasini birinchi B ligaga olib chiqish niyatimiz bor. Proffessional jamoa sifatida tarbiyalanuvchilarimiz bilan oldinga intilmoqchimiz. Tashkiliy ishlar, hakamlik va boshqa jihatlarga etiroz yo'q. Aytganimdek Sanjar SHomurodov kelgach ijobiy tomonga siljish bo'lmoqda. 

Faqat tuman hokimligi tomonidan ko'mak berilmayapti. SHunga qaramasdan tadbirkorlar, ukalarimiz qarab turishgani yo'q, yordam berishyapti. Endi yaqin kunlarda yangi hokim tayinlansa bafurja o'tirib gaplashib olishni reja qilganmiz. Muhimi ozgina bo'lsada etibor qaratilishi. 

Denov xalqi futbolni sevadigan xalq hisoblanadi. Lekin katta futbol yo'q. Ishonsangiz avvallari stadionlar to'lib ketar edi. Bu xalqning futbolga bo'lgan qiziqishi va mehridan dalolat beradi. Biroq muxlislar uchun madaniy hordiq chiqaradigan joy yo'q, futbol ishqibozlariga bunda stadion asqotadi. 2021 yilda stadionimizni qayta rekonstrukciya qilish va birinchi liga uchun o'n ming o'rindiqli stadion qurish rejalashtirilgan",- deydi Madibek Badalov.

Quyida ushbu uchrashuvdan olingan fotolavhalarni tomosha qiling.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика