Denis CHerishev faoliyatini "Xetafe"da davom ettirishi mumkin
06 iyu 2021 12:40
Yangiliklar
Denis CHerishev faoliyatini "Xetafe"da davom ettirishi mumkin
"Valensiya" hujumchisi Denis CHerishev "Xetafe"ga o'tishi mumkin.
Dushanba kuni "Valensiya" va "Xetafe" klubi prezidentlari Madridda tushlik qilishdi. Uchrashuv vaqtida ular klublar o'rtasidagi ehtimoliy bitimni muhokama qilishdi. "Ko'rshapalaklar" Xuan Iglesias, Mauro Arambarri va Jene Dakonamga qiziqish bildirishmoqda.
"Valensiya" "Xetafe"ning o'yinchilarini transfer qilish uchun katta pulni sarflashga tayyor emas, shu sabab ular jamoa o'yinchilarini qo'shishga tayyor. 30 yoshli CHerishev almashinuv uchun davogarlar orasida.
Futbolchi o'tgan mavsum "Valensiya" tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar