Dembele: "Endi biz ham top-jamoamiz"
16 avg 2020 10:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587177_original.jpg)
![](/upload/storage/587177_220.jpg)
Dembele: "Endi biz ham top-jamoamiz"
"Lion" forvardi Mussa Dembele ECHL 1/4 finali doirasidagi "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
Qayd etish kerak, Dembele uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, ikki marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi va bahsda eng yaxshi o'yinchiga aylandi.
"Zaxirada o'tirish oson emas. O'yinga tushganda esa futbolchi doimo o'zining eng yaxshi sifatlarini ochib berishi va jamoaga yordamlashishi kerak. Bugun menda barchasi o'xshadi.
"Lion"ning jamoaviylik ruhi o'zgardi. Endi biz top-jamoamiz", - dedi Dembele.
"Lion" finalga chiqish uchun 19 avgust kuni "Bavariya"ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar