Demba Ba yanvarda “Beshiktosh”ga o'tishi mumkin
15 noy 2013 11:55
Yangiliklar


Demba Ba yanvarda “Beshiktosh”ga o'tishi mumkin
“CHelsi” klubi hujumchisi Demba Ba, “Beshiktosh” klubining qiziqish doirasiga tushib qoldi.
“CHelsi” klubi qishki transferlar oynasi mobaynida “Portu” hujumchisi Jekson Martinesni yoki “Monako” hujumchisi Radamel Falkaoni qo'lga kirita olsagina, 28 yoshli Demba Ba faoliyatini “Beshiktosh”da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi London Evening Standard.
Demba Baning o'zi ham Turkiyada o'ynashga qarshi emas.
“Men futbolchi bilan tez-tez gaplashib turaman, u “Beshiktosh” o'ynashni istayapti”, - deydi FIFA agenti Seylan Kaliskan.
Takidlab o'tamiz, hujumchiga “Arsenal”, “Vest Xem” va ”Valensiya” klublari ham qiziqishmoqda.

Fikrlar