Dele Alli 100ta o'yinda Azar natijasini takrorladi
03 apr 2018 11:44
Yangiliklar


Dele Alli 100ta o'yinda Azar natijasini takrorladi
"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli "CHelsi"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 32-tur uchrashuvida (3:1) dublga erishdi.
Bu bahs Alli uchun Premer-ligadagi 100 o'yin bo'ldi. Yarim himoyachi ushbu uchrashuvlar davomida 36ta gol urib, 25ta golli pas berishga erishdi. Buni qarangki, APLning eng kuchli futbolchilaridan biri Eden Azar ham chempionatdagi 100ta uchrashuvida gol+pas tizimi bo'yicha Alli bilan teng natija qayd etgan (35ta gol, 26ta golli pas=61).
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem esa Angliya chempionatida o'tkazgan ilk 100ta o'yinida 21ta gol urib, 22 marta assistentlik qilishga muvaffaq bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar