De Xeaning “quruq” o'yinlari soni 200 taga etdi
12 dek 2021 10:00
Yangiliklar
De Xeaning “quruq” o'yinlari soni 200 taga etdi
APL 16-turida MYU David De Xeaning seyvlari evaziga o'z darvozasidan gol o'tkazmagan holda “Norvich”dan ustun keldi.
Ispaniyalikning faoliyati davomidagi quruq o'yinlari soni 200 taga etdi. U “qizil iblislar” safida 159 bahsda “nol”ga turgan bo'lsa, “Atletiko”da 22, Ispaniya TJda esa 19 o'yinda darvoza dahlsizligini saqlab qolgandi.
31 yoshli kiper 2011 yildan beri "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilib keladi.
Fikrlar