De Xea xatolardan so'ng nega himoyachilarga baqirmasligini aytib berdi

Aslanov Jasurbek
9 dek 2017, 18:07
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea jamoadoshlarining xatolarini maydonda emas, kiyinish xonasida muhokama qilgan to'g'ri deb o'ylaydi.

"Jamoamiz himoyachisining xatosi tufayli bajargan seyvimdan so'ng unga baqirmayman va buni kiyini xonasida muhokama qilish uchun bahs yakunlanishini kutaman. Har doim shunday bo'lganman. Maydonda juda xotirjamman, xatolarga to'g'ri munosabatda bo'lishga harakat qilaman. Agar o'zim xato qilsam, kimdir menga baqirishini istamagan bo'lardim. Shu sababli jamoadoshlarimni ko'proq qo'llab-quvvatlashga intilaman. Xatolar hammada uchrab turadi" - deydi de Xea.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror