So’nggi yangiliklar

23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  2 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10

Davron Fayziev: "Vaziyat qandaydir dahshatli tushga o'xshaydi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Vaziyat qandaydir dahshatli tushga o'xshaydi"

Coca-Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Surxon" (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Hozir biron so'z aytishga kuch topish qiyin bo'layapti. Vaziyat qandaydir bir dahshatli tushga o'xshaydi. Bugun ikki jamoa ham g'alaba uchun kurash olib bordi, maqsad 3 ochkoga qaratilgandi. O'z xatolarimiz evaziga jazolandik. 2:0 yutib turib yakunda 2:3 hisobida yutqazdik. Futbolchilar oldinroq xotirjamlikka berilishdi. Futbol 90 daqiqa o'ynalishiga yana bir bor isbot. Biz oxirigacha kurashish haqida ko'rsatma bergandik.

- Sanat SHixovning almashtirilishiga sabab nima bo'ldi?

- Unda charchoq alomatlari ko'zga tashlandi. SHuningdek SHixovda ozroq jarohat ham bor edi. SHu sababdan uni almashtirdik, aks xolda rejada SHixovni almashtirish yo'q edi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar haqida ham hozir biron gap aytish qiyin.

- O'yin 2:2 bo'lib turgan vaqtda Ilhomjon Vahobovni tushirdingiz. Bu vaziyatda hujumchini o'yinga tashlagan yaxshi emasmidi?

- Zaxiramizda hujumchining o'zi yo'q edi. Masalan Anvar Hojimirzaev o'yinga tayyor emas. Murodjon Komilovni "Surxon"ning baland bo'yli himoyachilariga qarshi tushirishni bilmadim. Hozir yutqazganda "mumkin edi" qabilidagi gaplar ko'payadi.

74-daqiqada bunday uzoq masofadan gol o'tkazvorish jamoani kayfiyatiga tasir qiladi. Raqibga esa bu motivaciya. Menimcha, 2:0 juda yomon hisob. Ketma-ket ikkinchi o'yinda alamli mag'lubiyatga uchramoqdamiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика