So’nggi yangiliklar

19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 19:01Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Жайхун". Таркиблар маълум  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  15 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  1 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  1 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  5 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  11 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  6 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3

Davron Fayziev: "Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun maydonga tushamiz" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun maydonga tushamiz"

"Metallurg" - "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida birinchi bo'lib Davron Fayziev ishtirok etdi.

"Bizda vaziyatlardan foydalanish foizi juda ham tushib ketgan. Bugun ham juda ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo gol urishga kelganida oqsadik. O'zbekistonda Yuriy Sarkisyan va Rustam Mirsodiqovning xissasi juda katta. Biz har bir o'yinga oxirgi jangga tushgandek tushamiz. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun o'ynaymiz. "Lokomotiv"dan qabul qilingan yirik mag'lubiyatdan so'ng yigitlar o'ziga kelib olishdi va ikkita uchrashuvda g'olib bo'lishdi. Hozircha maqsadga erishdik deya olmaymiz.

Qisqa tanaffusdan unumli foydalanishga urinamiz. "Metallurg" ketma-ket o'yinlarda yutqazmoqda. SHu bois bugun ularda ham ortga yo'l yo'qligini bilardik.

Birinchi gol urgan jamoa ustunlikka erishardi. O'tgan yilgi tarkibdan 13 nafar futbolchi yo'q. Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tarkibga yangi futbolchilarni chaqirdik, barchasi moliyaga borib taqaladi. Balki bugun "Metallurg" bizni biroz mensimagandir, buni bilmayman", - deydi Davron Fayziev.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика