So’nggi yangiliklar

14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  0 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  7 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  6 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  1 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   37 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  20 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  10 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  9 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  1 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  8 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  12 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  7 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  9

Davron Fayziev: "Bu UzReport TV tarixida yangi sahifa bo'ldi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bu UzReport TV tarixida yangi sahifa bo'ldi"

Ilk marotaba o'zbekistonlik futbol muxlislari Evropa chempionlar ligasi finalini, o'zbek kanalida jamoalarni mehmonxonadan chiqishlaridan boshlab ko'rdilar.

"UzReport TV" kanali tomonidan taqdim etilgan ECHL finalini bevosita kanalda sharhlab borgan Davron Fayziev bilan aynan shu borada suhbat qurdik.

"ECHL tashkilotchilari ilk marotaba bunday keng hajmdagi ishni tashkil etdilar. Bir necha kun avval ular bizni o'z rejalari bilan tanishtirib, efir final o'yinidan ancha erta boshlanishi va bunday foydalanish imkoniyatiga egalimigimizni takidlashdi.Rahbariyat bilan bu borada suhbatlashdik va ular bunga rozilik berishdi. Avvaliga buni Evropa ligasida sinab ko'rdik. Bunga bo'lgan munosabat yaxshi ekanligini ko'rganimizdan so'ng, chempionlar ligasida to'liq efir bo'ldi. Avvallari muxlislar final uchrashuvini kutishar edi. Bu safar Milanda sodir bo'layotgan barcha voqealarni jonli efirda tomosha qilishdi", - deydi o'zbekistonlik sharhlovchi.

- Besh soatdan ortiq vaqt to'g'ridan - to'g'ri efirda ishlash qiyin bo'lmadimi?

- Hisobladim, to'g'ridan-to'g'ri efirda 5 soatu 20 daqiqa ishladik. Bir o'zim sharhlagan efirlar orasida bu rekord. London olimpiadasini ochilish marosimida ham ishlagan edim. Lekin unda G'anisher aka ikkimiz 5 soatlik efirni olib borganmiz. Final va biron bir musobaqaning ochilish marosimi o'rtasidagi ritmda farq bo'ladi. SHuning uchun kechagi o'yinni olimpiadaga qiyoslay olmayman. To'g'risi, toliqdim. Lekin bunday sifatda ishlab toliqish yoqimli.

- O'zbek TVsi tarixida ilk marotaba ECHL finali bo'lib o'tayotgan shahardan maxsus muxbir efirga chiqdi. Bu ham voqeani jonli ko'rinishga olib keldi...

- Gapingiz to'g'ri. Bu borada evropaliklar juda ham puxta reja asosida ishlashganini ko'rdik. Mazkur uslub kelajakda yanada rivojlanadi deb o'ylayman. Menimcha muxbirimiz o'sha joydagi atmosferani bizga etkazib bera oldi deb o'ylayman. Hozirgi kunda Evropa sport kanallari xuddi shu asnoda ish olib borishmoqda. biz Bam kanalni shu darajaga olib chiqishga harakat qilamiz.

- ECHL finalidagi shijoatni, Evroda ham ko'ramizmi?

- Franciyada bo'lib o'tadigan Evropa chempionati finalini huddi kechagidek katta masshtabda efirga uzatish rejamizda bor. Ayni damda translyaciya huquqini bergan kompaniya bilan muzokaralar davom etyapti. Finalga bo'lgan qiziqish juda katta va telekanalimizga kerakli sharoit yaratib berilgan. "UZREPORT TV"ning muxbirlaridan biri bizga voqea joyidan reportaj etkazib turishini rejalashtiryapmiz.

- Barcha o'yinlarni to'g'ridan-to'g'ri ko'ramizmi?

- Evroda 51ta uchrashuv bo'lib o'tadi. 45ta bahs "UZREPORT TV" orqali jonli efirda ko'rsatiladi. 3-tur o'yinlari bir vaqtda boshlanishi bois, guruhdagi bir uchrashuvni to'g'ridan-to'g'ri efirda, ikkinchisini esa yozib olingan holda taqdim etamiz. Bundan tashqari, futbol ishqibozlari "Highlights" va kundaliklarni ham kuzatib borishlari mumkin.

Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика