So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisiga "Nyukasl", "Rapid" va "Strasbur" qiziqmoqda! Yangiliklar

O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisiga "Nyukasl", "Rapid" va "Strasbur" qiziqmoqda!

Kecha "90minutuz" podkastining navbatdagi soni etiboringizga havola qilindi.

Undagi asosiy yangiliklardan biri taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "90minutuz" ijodkorlari qatoriga qo'shilganida bo'ldi.

Podkastning bu galgi sonida O'zbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki, o'smirlar, yoshlar terma jamoalari va MTJ o'rtasidagi bog'liqlik, klub va terma jamoadagi yig'inidagi sifat, U-17 avlodini yo'qotmaslik uchun nimalar qilish zarurligi, Husanov atrofidagi vaziyat, "yulduzlik kasali", ECHLdagi to'qnashuvlar, Italiya futboli: yaxshi formadagi Шomurodov va tarixiy ahamiyatga ega BAA – O'zbekiston uchrashuvi haqida so'z bordi.

Xususan, podkast mualliflaridan biri Nodirxo'ja Yuldashevning malum qilishicha, U-17 Osiyo Kubogida o'zini ko'rsatgan 15 yoshli o'zbek futbolchisiga Evropa klublari tomonidan qiziqish mavjud.

"Muhammad Hakimovni juda ko'pchilik etirof etyapti. Unga "Nyukasl", "Rapid" va "Strasbur" jamoalari qiziqmoqda. U va Asilbek Aliev 2009 yilda tavallud topgan. Aliev to'purar bo'ldi, Hakimov himoyani mustahkam ushladi. 

Hakimov qanday qilib terma jamoaga kirganini bilasizlarmi? U yaqingacha termada bo'lmagan. Gap shundaki, 2 oy oldin 2009 va 2008 yilgi futbolchilar bir paytda Saudiya Arabistoniga yig'inga yo'l oldi. O'sha yig'inda 2008 yillar o'yinini o'ynab bo'lgan, ortidan 2009 yillar o'ynashi ko'zda tutilgan. Uchrashuvlar yonma-yon maydonda o'tkazilgan. Murabbiylar shtabi o'yinni kuzata turib Hakimovni payqab qolishgan. Bunga qadar u faqat 2009 yillar termasida to'p tepgan. Odil Ahmedovnikiga o'xshash vaziyat takrorlandi, yani Hakimov tayanch yarim himoyasida emas, himoyada harakat qildi. Xabaringiz bor, Abramov o'z paytida Ahmedovdan tayanch yarim himoyasida emas, himoyada foydalanib turardi. 

Hakimovning yutug'i – hujumni yaxshi boshlash ko'nikmasi borligida. Шuning uchun bemalol markaziy himoyadan turib hujumni boshlab turdi", – dedi Yuldashev.


"90minutuz" podkasti to'liq holda:


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика