So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  32 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

Davron Fayziev: "Bizga oxirgi pas va yakunlovchi zarba etishmadi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bizga oxirgi pas va yakunlovchi zarba etishmadi"

Coca Cola Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Qo'qon-1912" (1:1) o'yinidan keyin mehmonlar ustozi Davron Fayziev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Bugun o'yin boshlanishidan oldin "Paxtakor-79" xotirasini yod etdik va keyin yaxshi kayfiyatda o'yinni boshladik. Bahs to'g'risida qisqacha gapiradigan bo'lsa, o'yinga bahoni muxlislar berishadi. Biz "Olimpik" o'yinlarini tahlil qilib, etarlicha tayyorgarlik olib borgandik. Maydonda ikkinchi raqam ostida o'ynashni niyat qilganimiz yo'q edi. O'yindagi hisobga qarab maydondagi harakatlarimizni ozgina o'zgartirdik. Kerakli joyda 2 ta yoki 3 ta hujumchi bilan o'ynadik. "Olimpik" katta hajmda hujumga borganda 5 ta himoyachi bilan harakat qildik. 

Biroq yigitlarga hech qanday etirozim yo'q. Ular berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Faqat vaziyatlardan unumli foydalanishda oqsayapmiz. 

Yigitlardagi bir narsa xursand qilyapti – ular birinchi davradagi kabi goldan keyin tushkunlikka tushib qolishmayapti. O'yin haqida umumiy gapirsak, bizda vaziyatlar ko'proq bo'ldi. Bu – futbol. Kimdir xato qiladi, kimdir undan foydalanib ketadi.

- Ikkinchi taymda jamoangiz himoyaga yotdi va qarshi hujumlardan unumli foydalana olmadi. SHuncha vaziyatlar ko'kka sovurilishiga nima sabab bo'ldi? 

- Aytib o'tganimdek, bizda turnir jadvalidan kelib chiqib ozroq bosim bor. Bosh murabbiy sifatida menda va futbolchilarda bosim bor. Murabbiy ko'rsatma beradi va talab qiladi, futbolchi esa uni ijro qiladi. SHuncha hujum ko'kka sovurildi, bitta emas to'rtta yaqqol vaziyat qo'ldan chiqarildi. Bizga oxirgi pas va yakunlovchi zarba etishmadi. Golni urish murabbiyga qolyapti. Hozir shu golni ham murabbiylar urib bersa, futbolchilarning o'ynashiga hojat qolmaydi (kuladi). Xato bor. Ish bor joyda xato bo'ladi. 

Tanqidlarni to'g'ri qabul qilishimiz va ularni takrorlamasligimiz lozim. "Olimpik" katta kuch bilan oldinga tashlanishini bilardik. Biz kerakli joyda qarshi hujumga o'tdik, qaysidir holatda pressingda o'ynadik. Qaerdadir tavakkal qilishga, qaerdadir o'yin boshidagi taktikamizga qaytishga to'g'ri keldi. 

Bugun ikki jamoaga ham 1 ochkodan nasib qilgan ekan, ammo chiroyli futbol guvohiga aylandik.  

- Birinchi davra davomida "Qo'qon-1912"da yaxshigina moliyaviy muammolar bor edi. Hozir ularning malum qismi bartaraf etildimi?

- Hozirgi kunda moliyaviy muammo yo'q. Qisman bor, lekin birinchi davra bilan solishtirganda 70-80 foizi qoplandi. Qolgan klublarda ham shunday muammolar uchrab turadi, bunga sabr qilishimiz kerak.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика