So’nggi yangiliklar

14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  7 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2

Davron Fayziev: "Bizda menimcha taktika emas, tarkib ochiq masala" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bizda menimcha taktika emas, tarkib ochiq masala"

Bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni bilan muhim bahsda maydonga tushadi.

"O'yin kuni. Bugun ikki murabbiyning qanday reja qilayotgani juda qiziq. CHunki ikkala jamoa o'zini favorit deb biladi. Saudiya oxirgi jahon chempionati qatnashchisi, ammo undan keyin murabbiylar shtabi almashib ketdi. Saudiyaning yarim tarkibi Osiyo chempionlar ligasi finali qatnashchilari. Lekin, ular tiklanishga ulgurishganmikin. Erve Renar o'rtacha jamoalarni saralashlardan o'tkazib mundialga olib borgan. Biroq bizning qita bilan hali yaqindan tanish emas, ochko yo'qotyapti.

Bizda menimcha taktika emas, tarkib ochiq masala. CHunki Abramov taktikasi avval ham ko'rganmizki, kuchli raqib qarshisida o'zgarib qolmagan. To'p o'zimizda bo'lishi kerak. Hujum statistikamiz yaxshi bo'ladi, katta extimol. Hamma gap vaziyatlardan foydalanishda.

Bahsli amplua - himoya. SHu joyida Abramov sir boy bermayapti. Faqat To'xtaxo'jaev poziciyasi nisbatan aniqroq. Qolganlar 100% emas. Odil Ahmedov farzindek universal, mabodo himoyada tushib qolsa ham boshqa funkciyalari o'zida qoladi, yongan joyga boradi. Maydon markazida ham variantlar bor. Tanlov oson emas. SHukurov, Qodirqulov, Aliboev, Iskanderov, ikkala Odil. Beshta futbolchi, uchtasini tanlash kerak. Eng muhim bo'g'in, masuliyat maksimal darajada.

Hujum uchligi o'zgarmasa kerak, kimligini bilasiz.

Yaxshi tomoni, muxlislar yana stadionga qaytishyapti, bugun tribunalar to'lishi deyarli aniq. Fantastik atmosfera.

SHuni ham aytib o'tishim kerak, jamoa ichida muhit yaxshi. Hamjixatlik bor. Buyam ko'p narsani hal qiladi.

Hammaga omadli kun! Hammamizga", - deb yozadi Davron Fayziev telegramdagi o'z kanalida. 


Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика