So’nggi yangiliklar

20:30"Пахтакор" — "Динамо" 0:0 (Матнли трансляция)  6 20:28"Насаф" — "Нефтчи" ўртасидаги турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади. Фарғоналиклар қаторасига учинчи баҳсда ҳам дуранг ўйнашди  70 20:25ЦСКА — "Динамо Махачкала". Файзуллаев асосий таркибда  1 20:00Суперлига. "Машъал" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  1 19:33Назорат ўйини. Ўзбекистоннинг Жанубий Кореяга қарши ўйин учун таркиби маълум  1 19:22"Сумқайит" — "Сабаҳ". Абдихолиқов, Жалолиддинов ва Раҳмоналиев иштирокидаги ўйин учун таркиблар маълум  0 19:19"Машъал" — "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  2 18:55"РБ Лейпциг" Хави Симонснинг нархини "Манчестер Юнайтед"га маълум қилди  1 18:21ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Қайрат"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида барча ўзбекистонликлар асосий таркибда майдонга тушди  5 17:28Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида "Адана Демирспор"га 5 та гол урди, Турғунбоев 62-дақиқада ўйинга қўшилди  2 16:58ПСЖ "Барселона" хавбеки учун 100 млн евро беришга тайёр  4 16:32"Навбаҳор" ва "Андижон" ўртасида жанговар дуранг қайд этилган даҳшатли водий дербисидан фотогалерея  11 16:04"Барселона" ва "Реал" Испания терма жамоаси посбони учун курашади  1 15:38Кейннинг "Бавария"даги келажаги бўйича позицияси маълум қилинди  1 14:25Самарқандда "Қизилқум" ва ОКМК ўртасида тўртта гол урилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Davron Fayziev: "AGMKga qarshi o'yingacha Sidorov va Sidiqov safga qaytadi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "AGMKga qarshi o'yingacha Sidorov va Sidiqov safga qaytadi"

Coca Cola Superligasi 17-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Qo'qon-1912" (0:0) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Avvalambor, hammaga salom. Ertadan keyin Mustaqillik bayramimiz. SHu munosabat bilan butun elimizni bayram bilan muborakbod etaman. Ularga sog'liq, tinchlik-xotirjamlik tilayman. 

O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, 17-turni yakunlab berdik. Jamoa qo'l ostimdagi 4-o'yinida qatnashgan bo'lsa, bugun birinchi taymda eng yomon o'yinimizni o'tkazdik, deb o'ylayman. Ikkinchi taymda guvohi bo'lganingizdek, o'yin juda qiziqarli kechdi. Yutishimiz yoki yuqtazishimiz ham mumkin edi. Lekin durang adolatli natija bo'ldi. Ikki jamoada ham yuz foizlik imkoniyatlar yuzaga kelganiga qaramasdan, nuqta qo'yadigan futbolchi topilmadi. Ikki jamoa ham bugun yutqazishni istamadi va g'alaba uchun maydonga chiqqani bilinib turdi. 

O'z yo'limizda yurishda davom etamiz. Oxirgi o'yinlarda g'alabaga yaqin kela turib durang o'ynayapmiz. Bu kim uchundir qoniqarli va qoniqarsiz. Men uchun bu qoniqarsiz holat. 

Kamchiliklarimiz ko'zga ko'rindi. Klubimiz tez orada oyoqqa turib ketadi, degan umiddaman. 

- "Qo'qon-1912"da jarohat olgan futbolchilarning o'rni yaqqol sezilmoqda. Ularning holati qanday? Tanaffusdan keyin safga qaytishadimi?

- Ikki o'yindan beri asosiy futbolchilarimiz – Andrey Sidorov, Anvar Xojimirzaev, Javohir Sidiqovsiz o'ynayapmiz. Ularning o'rnini to'ldirishga harakat qildik, lekin baribir o'rinlari sezildi. 9 sentyabr kuni kechadigan AGMKga qarshi o'yingacha Sidorov va Sidiqov safga qaytadi. Xojimirzaevga esa yana ozroq vaqt kerak, chunki shifokorlarimiz yana 15 kun bor, deya xulosalarini bildirishdi. 

- O'zingiz takidlaganingizdek, "Qo'qon-1912"ni umuman tanib bo'lmadi. Buning sababi nimada?

- To'g'risini aytsam, tayyorgarligimiz noto'g'ri bo'ldi. Muammolarimiz o'zimizga yarasha etarli edi. Ammo buni ro'kach qilishni xohlamayman. Yigitlarda ichki muammomiz tasiri sezildi. Masalan, maydon tomonlama qiynaldik. Bundan tashqari, futbolchilar tiklanish jarayonida qiyinchilikka duch keldik. Vitaminizaciya ham yo'q edi, desam ham to'g'ri bo'ladi. Lekin bu bahona emas. Siz aytganingizdek, boshqaruvimdagi eng yomon o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Buni tan olish lozim. 

Ikkinchi taymda o'yin ancha tenglashdi. Etibor bergan bo'lsangiz, o'zgarishlar qilishga ham shoshilmadik. Zaxiramizda o'yinni kuchaytiradigan futbolchilar kam edi. Biz ko'proq himoyaga etibor qaratishga harakat qildik. O'z imkoniyatlarimizni kutdik va yaratdik ham, biroq foydalana olmadik. 

- Oxirgi daqiqalarda jamoangiz ochiqchasiga durang uchun o'ynagani bilindi...

- Hozir har bir ochko biz uchun oltinga teng. To'g'ri aytyapsiz, oxirgi 10 daqiqada 1 ochko uchun harakat qildik. O'yin davomida o'zim ham buni yigitlarga uqtirdim. 

Bugun o'yin oldidan futbolchilarga darvozani "quruq" saqlash lozimligi va imkoniyat yuzaga keltirib, albatta gol urishimizni aytgandim. Darvozamizdan to'p olib chiqmadik, lekin gol ham ura olmadik. Oxirgi 10 daqiqada hech ikkilanmay durang uchun o'ynadik.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика