So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  23 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  6 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  10 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  18 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  21 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

Davrani kengroq oling, kuchlilar qolib ketmoqda! Yangiliklar

Davrani kengroq oling, kuchlilar qolib ketmoqda!

Janob Infantino, balki ishtirokchilar sonini tezroq oshirarsiz?

Balki shunda biz ham Jahon CHempionatiga borarmidik...

JCH ishtirokchilari sonini oshiramizmi yoki yo'q?

Jahon CHempionati ishtirokchilari sonini oshirish kerakmi, yoki yo'q? Ha, bu ish zarur deyish uchun etarlicha sabab topsa bo'ladi, ammo shu o'rinda uning aksi uchun ham argumentlar etarli. 

Axir kimlar samolyot “bortidan tashqarida” qolib ketganiga bir nazar tashlang!

FIFA reytingida Top-10 ga kiruvchi CHili terma jamoasi. Ikkinchi o'ntalikdan va so'nggi Evropa CHempionati yarim finalchisi – Uels. Eng qizig'i, Beyl va jamoadoshlari saralashida bor yo'g'i bir uchrashuvda mag'lub bo'lishdi, biroq shuning o'zi etarli bo'ldi. Bor yo'g'i bitta mag'lubiyat-a! Omadim kelmadi deganlar, Uelsni eslashlari etarli bo'ladi chog'i. 

AQSH – o'z qitasidagi eng kuchli jamoalardan biri. Ushbu terma jamoa oxirgi marta JCHga chiqa olmaganda ko'plab yosh muxlislar hali tavallud topmagani etiborga loyiq. Muxlislarga o'ziga xos o'yini va tarkibdagi futbolchilari bilan quvonch ulasha oladigan, turnir saviyasini oshira oladigan termalar, cheklangan  joylardan ko'proq. 

Xattoki Gollandiya termasi ham etiborsiz qolmasdi JCHga borganda!

Mundialga o'zgacha joziba bera oladigan termalarning qanchasi, keyingi yil yozda Rossidagi musobaqani televizor orqali tomosha qilishga majbur.

CHili (9-o'rin)


Jahon reytingi bo'yicha birinchi 20talikka Janubiy Amerikadan 6ta jamoa kirgan edi. Xo'sh, 4ta jamoa to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'ldi, lekin nima uchun 5-terma jamoa pley-offda qolib ketdi? Peruda hammasi to'g'ri bo'ldi. Ammo Konfederaciyalar Kubogida CHili nimaga qodir ekanligini hamma ko'rdi. Rossiyadagi JCH ajoyib terma jamoani va shu bilan birga uning muxlislarini ham yo'qotdi. Afsuski, qaror qatiy, etirozga o'rin yo'q! Braziliyaliklar Argentinani “g'azabalantirish” uchun CHili terma jamoasiga qarshi o'yinni yutqazib berishga chaqirgan bazi muxlislarini tinglamadi va “selesao” 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uels (13-o'rin)


Bu erdagi vaziyat CHilinikidan ham ayanchliroq, Vidal va Sanches jamoasi o'zi bunga aybdor. O'zingiz o'ylab ko'ring, raqiblar qanchalik jiddiy bo'lgan taqdirda ham, 18 o'yinning 8tasida mag'lubiyatga uchrash tasodifmasdir?! Lekin Uels 10tadan 1ta o'yinni omadsiz o'tkazdi. Evro-2016 yarim finalchilari duranglarni ko'paytirgani ularning yagona xatosi – nafaqat o'z darajasidagi g'oliblar bilan, balki Avstriya va Gruziya bilan do'stona durrangga imzo chekdilar Beyl yurtdoshlari. Yuqori katorda 2 dona kishini qoldirib, qolganlar esa o'tirib suratga tushgan xolda kizikarli fotosuratlar qilayotgan terma jamoa Kozon yoki Saranskda bunday mini-spektakl bilan xursand qilolmaydi endi.

Slovakiya (19-o'rin)

Slovakiyani Rossiya jahon chempionatiga chiqa olmaydigan zaif terma jamoa deb o'ylaysizmi? Aksincha, Sluckiy jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvni bir eslab ko'ring! Qarang, tarkibida afsonaviy Gamshik bo'lgan “Napoli” hujumida qanday o'ynamoqda?! Slovakiya FIFA reytingining birinchi yigirmataligiga kirgan. SHunday vaqtlar bo'lganki, hatto SHkrtel shotlandiyaliklar o'rniga hal qiluvchi to'p kiritgan. Slovenlar o'tgan yil Lyublyanada bo'lgan o'yinda atayin yutkazib berdi. Natijada ular ikkinchi o'rinni egallaganlar ichida ortiqcha to'qqizinchi jamoa bo'lib, yunonlarni Rossiyaga kuzatib qo'ydi.

Ukraina (24-o'rin)


Yaqindagina milliy terma jamoa murabbiyi SHevchenko shogirdlari boshqa o'nlab jamoalarga qaraganda fidokorona va jismoniy holati bilan ortda qoldirib borayotganini takidlab o'tgan edi. Lekin, birgina xato Ukrainaga juda qimmatga tushdi. Konoplyanka Kievda qulay imkoniyatdan Islandiya terma jamoa darvozasiga gol ura olmadi. Hisob durrangligicha qoldi va ular g'alabani qo'ldan boy berdi. So'nggi turda, Uelsda bo'lgani kabi, Klichko hamyurtlari ham o'z o'yinlarida g'alaba qozonsalar etarli edi, ammo... O'yindan so'ng, sobiq bokschi uchrashuvdan oldin futbolchilarga o'yin qanchalik muhimligini o'zi tushuntirmaganidan afsusda ekanligi, Xorvatiyadan uchralgan mag'lubiyat tufayli esa ko'ziga yosh kelganini aytib o'tdi. Ha, o'sha tengsiz Klichko ham yig'laydi. Jahon CHempionatiga chiqish, shunchaki turnir yo'llanmasi emas. Bu erda mamlakat g'ururi turadi.  

AQSH (28-o'rin)


Amerikaliklar birinchi jahon chempionatida yarim finalga tasodifan chiqqan, lekin chiqqan! 1990-yildan beri bir martta ham turnir final qismini o'tkazib yubormay, to'rt marotaba pley-offda ham qatnashgan. Eng yomoni, endi Rossiyada “Borussiya” o'yinchisi Pulishichni ko'ra olmaymiz. Dortmundlik iqtidorli futbolchi Bryus Arenaning “Borussiya” jamoasini oldinga tortayotgan edi, lekin hammaga qarshi chiqishga kuchi etmadi. Biroq, Trinidad va Tobago termasini AQSH ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etishi kerak edi. Uchrashuvdan avval raqib ham Tramp mamlakati termasi ustun kelishini ich-ichidan xis qilgan bo'lsa ajabmas. Ammo amalda ishlar biroz boshqacharoq reja bo'yicha ketib qoldi va Amerika Rossiyaga kelmaydi.

Turkiya (27-o'rin)

AQSH jamoasi kabi, turklar nemis futbolchilarining mashg'ulot tizimidan foydalandi. Milliy terma jamoada faqat nemis klublariga bog'liq bo'lgan futbolchilarni to'plash mumkin. Lekin, hatto bu ham, Turkiyaga yordam bera olmadi. Janob Luchesko saralash bahsida SHevchenko jamoasiga atayin yutkazib berdi. Yana mag'lubiyat… Turkiya saralash bosqichidan o'ta olmadi. Endi “Barcelona”, “Roma”, “Borussiya” D va “Selta” o'yinchilari ham Rossiyaga bora olmaydi.


Gollandiya (29-o'rin)


Nazarimizda qariyalar Robben va Sneyder Rossiyadagi turnirni zerikarli tarzda o'tishiga yo'l qo'ymagan bo'lar edi. Ayniqsa, gollandlar ham jahon chempionati final qismida kutilgandan ham alo darajada o'ynashga harakat qilayotgan paytda, albatta, Promes ham chaqirilmagan mehmonlar qatorida bo'lmasdi. Lekin gollandlar o'yini sezilarli darajada pasaydi va futbolchilar tayyorgarligi ham shunga muvofiq biroz sustlashdi. To'g'ri, bu bilan jamoa SHveciyadan zaif deya olmaymiz. So'nggi turda asosiy raqib SHveciya termasini 2:0 hisobida engsada Robben jamoadoshlari to'plar nisbati tufayli mundialdan chetda qoladigan bo'ldi.

Bu kabi jamoalarni sanasangiz, ikki qo'lingiz barmoqlari etmay qolishi hech gap emas. Ammo doim ham istaklarimiz, imkoniyatlarimizga to'g'ri kelavermaydi! Hayot davom etadi va ishonch, kelajakka ishonch o'lmaydi. Xudo xohlasa, keyingi safar biz ham JCHga chiqamiz, deyotgandir turli mamlakatlardagi millionlab futbol muxlislari.  


Xorij saytlaridan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика