Davlat Ibragimov: "Jizzax-Kenteks" asosini terma jamoa azolari tashkil qilardi. SHunga qaramasdan, jiddiy kurashdik va maqsadimizga erishdik"
30 avg 2022 21:07
Yangiliklar


Davlat Ibragimov: "Jizzax-Kenteks" asosini terma jamoa azolari tashkil qilardi. SHunga qaramasdan, jiddiy kurashdik va maqsadimizga erishdik"
Unda AGMK raqibidan 9:5 hisobida ustun kelib, Superkubok sovrinini qo'lga kiritdi. Bahs nihoyasiga etgach, olmaliqliklar vakili Davlat Ibragimov bilan kichik suhbat uyushtirdik.
- O'yin haqida
- Qiyin o'yin bo'ldi. Superkubokni yutish uchun harakat qildik. O'zimizga ishongandik, lekin juda qiyin bo'ldi.
- "Jizzax-Kenteks" hisobda oldinga chiqib olganda ishonch pasaymadimi?
- Ishonch pasaymadi. "Jizzax-Kenteks" asosini terma jamoa azolari tashkil qilardi. SHunga qaramasdan, jiddiy kurashdik va maqsadimizga erishdik.
- Bu yil BMB degan yana bir kuchli jamoa paydo bo'ldi. Jamoangizning ushbu mavsumdagi maqsadlari qanaqa?
- Maqsadimiz – chempionlikni qo'lga kiritish. Xudo xohlasa, shu yo'lda mehnat qilamiz.
- SHaxsiy maqsadingiz-chi?
- Xudo xohlasa, to'purar bo'lishni niyat qilganman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar