David Luis: "Ushbu mavsumdayoq chempionlikka harakat qilsa bo'ladi"
03 jan 2021 11:55
Yangiliklar


David Luis: "Ushbu mavsumdayoq chempionlikka harakat qilsa bo'ladi"
"Arsenal" himoyachisi David Luisning fikriga ko'ra, "kanonirlar"ning ushbu mavsumda chempionlik uchun imkoniyatlari past emas.
"Mavsumning boshidanoq, yani, barcha ishlar boshlanayotganida yuqori maqsadlar ko'zlanmasa, hech nimaga erishib bo'lmaydi, deb hisoblayman.
Odamda doimo ambiciyalar va orzular bo'lishi kerak. Undan tashqari, o'sha odam kamtarlik va haqgo'ylik bilan ushbu maqsadlari sari ergashishi lozim.
Nimadir o'xshamadimi, aybni o'zingizdan qidirishingiz kerak. Asta-sekinlik bilan ko'zlangan o'yin uslubimizni ko'rsata olyapmiz. Demak, sovrinlar uchun kurashishga kech emas. Bizda hali imkoniyatlar bor", - dedi himoyachi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar