David Luis: "Bolaligimdan ECHLning finalida o'ynashni orzu qilaman"
22 apr 2014 09:31
Yangiliklar
David Luis: "Bolaligimdan ECHLning finalida o'ynashni orzu qilaman"
"CHelsi" jamoasi himoyachisi David Luis "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Bizni muhim o'yin kutib turibdi.
Villian ajoyib o'yinchi va mening yaqin do'stim. U kimligini barchaga isbotlab qo'ydi deb o'ylayman. SHuningdek, milliy terma jamoaga xam qaytishni uddaladi. O'ylaymanki, uning o'yini bizga katta foyda keltiradi.
Bu o'yin Diego Kosta va David Luis o'rtasida emas, "Atletiko" va "CHelsi" o'rtasida bo'lib o'tadi. Diego barcha kurashlarda g'olib chiqishga xarakat qiladi, o'z o'rnida men xam o'zimga ishonaman.
Ivanovichning maydonga tusha olmasligi yomon bo'ldi. U doimo bizga katta yordam berib kelgan.
Men bolaligimdan CHempionlar ligasining finalida o'ynashni orzu qilaman. Bu orzuim ikki yil avval amalga oshgan, lekin, o'sha paytda "to'ymagan" edim. "CHelsi" ajoyib jamoa. Biz finalga chiqishga harakat qilamiz", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Fikrlar