Dani Alves 1 mln evro garov pulini Neymarning otasidan so'raydi
21 mar 00:27
Yangiliklar
Dani Alves 1 mln evro garov pulini Neymarning otasidan so'raydi
Barselona sudi sobiq futbolchi Dani Alvesni yakuniy qaror kuchga kirgunga qadar ozodlikka chiqarishga qaror qilgandi. Buning uchun u 1 mln evroni garovga qo'yishi kerak.
La Vanguardia bergan malumotga ko'ra, Alvesning bir necha hisob raqamlari qamoq sabab muzlatilgan, boshqalari esa qarzlar sabab manfiy holatgan kelgan. Alvesning oilasi bu pulni topish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Katta ehtimol Alves 1 mle evro tovon pulini Neymarning otasidan so'raydi.
Avvalroq, Neymarning otasi Dani Alves zo'rlagan jabrlanuvchiga tovon puli sifatida 150 ming evro to'lab bergandi.
Malumot uchun, "Barselona" sobiq himoyachisi tungi klubda qizni zo'rlaganlikda ayblanib 4 yarim yilga qamalgan, qo'shimchasiga yana 5 yil shartli qamoqqa hukm qilingan edi. SHuningdek, u jabrlanuvchiga 150ming evro to'lab berishi hamda unga 9 yarim yil davomida yaqinlashmasligi kerak.
Fikrlar