So’nggi yangiliklar

11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  1 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  0 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  6 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  4 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  5 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  3 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   6 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0

Dahshat! Haftada ikki marta mashg'ulot o'tkazadigan uelslik talabalar Evropa ligasiga chiqishdi Yangiliklar

Dahshat! Haftada ikki marta mashg'ulot o'tkazadigan uelslik talabalar Evropa ligasiga chiqishdi

Ularning orasida xatto cho'pon ham bor.

Ko'pchilik mavsumning eng kutilmagan jamoasi sifatida "Ayaks"ni ko'rsatishmoqda, ammo bu qanday qarashga bog'liq. Amsterdamliklarda buning uchun etarli darajada yuqori saviya mavjud edi, "Kardiff Met Yuniversiti" esa evrokuboklarga chiqishi esa haqiqiy mo'jiza. O'tgan hafta oxirida Uels klubi Evropa ligasi-2019-20 saralashiga chiqshdi, biroq bu universitet jamoasi hisoblanadi.


"Kardiff Met Yuniversiti" mahalliy Kardiff Metropolitan Universitetiga qarashli. Bu oliygohda 11 ming talaba sanat, dizayn, sport menejmenti va tibbiyot yo'nlishlarida o'qiydi. "Kardiff Met"da faqat universitetda o'qiganlar o'ynaydi: Amaldagi talabalar, maruzachilar, klub akademiyalari murabbiylari. Jamoa asosan uelsliklardan iborat, ammo tarkibda inglizlar va bitta finlyandiyalik mavjud. O'rtacha yosh - 21-22.


Futbolchilar o'zlarini yarim professional deb hisoblashadi va har hafta ikki marta (dushanba va payshanba) universitet maydonlarida shug'ullanishadi. "Birinchi navbatda biz bu erda o'qiymiz va dars beramiz. Men "Sport va jismoniy tarbiya" yo'nalishida tahsil olaman, o'qituvchilar jamoa haqida bilishadi va darsga kelmasak, bizni jazolashmaydi" - deydi "Kardiff Met" himoyachisi Dilan Riz.


"Barcha futbolchilar - ajoyib talabalardir, ular ko'p ishlashadi va o'qishni unutib qo'yishmaydi. To'qqiz nafar futbolchida magistr darajasi mavjud, qolganlar esa PhD (fan nomzodiga o'xshash daraja) olishmoqda. Asosiy yo'nalishlar: murabbiylik, sport psixologiyasi va analitika. Jamoamizda turli xil insonlar to'p tepadi. Masalan, Joel Edvards ikki yil oldin "Xereford" safida 9 va 11-divizion jamoalari o'rtasidagi Kubok finalida "Uembli"da o'ynagan. Emin Lyuis esa sayyoramizning eng oddiy insoni, yozda u cho'ponlik qilgan" - deydi hujumchi Eliot Evans.


"Kardiff Met Yuniversiti" 1964 yildan beri mavjud, Jamoa quyi divizionlarga tushib ketgan, nomini o'zgartirgan - hozirgi nomini esa 2000 yilda olgan. Jamoa 1620 muxlis sig'adigan stadionchada o'ynaydi. Ushbu arenaning xatto 4dan 1 ham to'lmaydi - o'yinlarga o'rtacha 300 kishi tashrif buyuradi. Uch yil oldin "Kardiff Met Yuniversiti" tarixda birinchi marta Uels Premer-ligasiga chiqdi. Hech qachon chempion bo'lmagan, ammo uch marta Uels Liga Kubogida zafar quchdi.


Emblemada - kamonchi va uelschada yozilgan deyarli o'qib bo'lmas so'zlar bor: "I lwyddo, rhaid chwarae" (O'ynang va muvaffaqiyatga erishing).

O'ynashdi va muvaffaqiyatga erishishdi. 2019 yil, 19 may.



Talabalar birinchi marta evrokubokka chiqishdi - murabbiy chimda sirpandi, futbolchilar g'alabani ichimlik bilan nishonlashdi

Qishki tanaffusdan so'ng Uels chempionatining 12ta klubi 2ta oltitalik jadvalga ajratiladi: Bizning "Kardiff" quyi oltilikda birinchi bo'ldi, yani to'liq jadvalda 7-o'rinni egalladi va shundan so'nggina Evropa ligasi saralashida o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritdi. "Kardiff Met" finalda ketma-ket 5  yil evrokuboklar saralashlarida ishtirok etgan "Bala Taun"ni mag'lub etdi.


623 muxlis. Asosiy vaqtda 1:1. Penaltilar seriyasida 3:1.


G'alabadan so'ng jamoa bosh murabbiyi Kristian Edvards yordamchisini quchoqlab, chimda sirpandi. Edvards futbolchilik faoliyati davomida "Suonsi", "Nottingem Forest" va "Bristol Rovers"da o'ynagan, hozir esa Kardiffda murabbiylik qiladi va bo'lajak murabbiylarga maruza o'qiydi. Bu esa uning universitetdagi kartochkasi. Unda mutaxassisning elektron pochta manzili va ilmiy ishlari ko'rsatilgan.



Futbolchilar Evansning ustiga chiqishdi, 220 km yo'l bosib kelgan jamoa muxlislari bilan xursandchilik qilishdi.


"Bu muvaffaqiyatga bir necha yil intildik, endi esa BT Sport va BBC biz haqimizda gapirmoqda. O'yin bo'lgan stadionda ichimlik ichganimizdan so'ng, bayramni pabda nishonladik. Ammo universitetda mashhur emasmiz. Yigitlar bizni tanishdi, biroq bizdan buni qanday uddalaganimiz haqida so'rashdi" - deydi himoyachi Dilian Riz.

"Ajoyib on. Hamma professionallar ham evrokuboklarga chiqavermaydi. Kardiffga qaytishdan oldin jamoamiz vakili Uill Evans otasining pabiga bordik va bir necha soatni o'sha erda o'tkazdik" - deydi hujumchi Eliot Evans.


"Kardiff"ga birinchi kursda kelgan posbon uchta penaltini qaytardi

"Hissiyotlarni jilovlay olmadik, ko'z yoshlar va quchoqlashlar bo'ldi. So'nggi besh yil ichida birorta penalti qaytarmadim, ammo buni kerakli paytda amalga oshirdim. SHunchaki klubdagi tahlilchilar biz bilan har hafta ishlashadi, raqibni tahlil qilishadi, shu sababli "Bala Taun"ning joriy mavsumdagi barcha penaltilarini ko'rgan edim. Uchrashuvdan oldin esa suv idishga shpargalka yopishtirib qo'ydim va ular qaerga tepishini qarab oldim" - deya xursandchiligini yashirmadi "Kardif" posboni Uill Fuller.


Fuller - uchrashuv qahramonlaridan biri - sport psixologiyasi magistri, gospitalda ishlaydi va hech qachon professional futbolchi bo'lmagan.


U klubga birinchi kursligida kelgan: Faoliyatini Uelsning to'rtinchi darajali divizionida boshlagan, endi esa Evropa ligasida o'ynaydi. U kelajakda professional futbolchilar safida to'p tepmoqchi.


To'xtang, Uels chempionati o'zi nima? Nega "Kardiff Siti" va "Suonsi" Angliya tizimda o'ynaydi?

"Kardiff Siti" joriy mavsum APLda jon saqlab qola olmadi va CHempionshipga tushib ketdi, "Suonsi" esa bu ligadan qayta olmayapti. Angliyada "Reksxem" (beshinchi liga) va "Nyuport Kaunti" (to'rtinchi liga) bor. Bu klublar doimo Angliyada o'ynagan.


1992 yilgacha Uels chempionati bo'lmagan, barcha klublar ingliz tizimida yashagan, ammo uelsliklar o'z ligasini yaratganidan so'ng, to'rt jamoadan boshqa hammasi vatanga qaytgan.


Aslida Uels chempionati - bu g'am. Ular UEFA reytingida 48-o'rinda - Lyuksemburg, Armaniston, Malta va Estoniyadan pastda. Butun Uels futbolchi uchun evrokuboklar cho'qqisi CHempionlar ligasi saralash bosqichining uchinchi raundi va Evropa ligasi kvalifikaciyasining uchinchi bosqichi.



Talabalar futbol uchun pul olishmaydi. Evropa ligasi o'yinlarining mukofot pullarini hozircha muhokama qilishmadi

Darvozabon Fuller: "Biz futbolga bo'lgan mehrimiz uchun o'ynaymiz".


Gol muallifi Evans: "Ha bizga pul to'lashmaydi, klub yangi o'yinchilarga pul sarflamaydi. Bazilarga o'qishi uchun yordam berishadi, ammo bu arzimagan pullar. Klub bizga pul emas, rivojlanish beradi, biz futbol o'ynab, murabbiylik kurslariga qatnaymiz.


Evropa ligasi uchun mukofot pullari bo'lishi kerak, ammo buni murabbiylar bilan muhokama qilish lozim".


Evropa ligasi - keyinchi?


Evropa ligasi saralashiga chiqish talabalar klubiga 220 ming evro olib keldi. Oldinda saralashning to'rtta raundi bor, hozircha tanaffus - tiklanish va tatil uchun 2 hafta. Mashg'ulotlar 3 iyundan davom etadi, penaltilar seriyasi qahramoni Evans esa Dubayda quyoshda toblanib keladi. U ikkinchi yoki uchinchi bosqichgacha bormoqchi.

"Qiyin bo'lishi aniq, ammo tayyorlanyapmiz. Orzuim - sevimli klubim "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynash. Hammada orzu bor, to'g'rimi? Kelajakda futbolda ishlamoqchiman - yuqori saviyada o'ynash va murabbiylik qilish niyati bor, shu sababli o'rganishda va o'ynashda davom etaman" - deydi Evans.


"Men ham "Manchestre Yunayted"ga muxlislik qilaman. Agar bir-ikkita raunddan o'tsak, ular bilan bahs haqida orzu qilaman. Ammo asosiy maqsadim - professional futbol vakiliga aylanish yoki jismoniy tarbiya o'qituvchisi bo'lish" - deya so'zlariga yakun yasadi Dilan Riz.


"Kardiff Met" 11 iyun kuni raqibini bilib oladi, ammo ularga qarshi o'ynashi mumkin bo'lgan klublar mamlakati malum: Kosovo, SHimoliy Irlandiya, San Marino, Lyuksemburg, Andorra, Gibraltar yoki Farer orollari. Keyingi bosqichlarda "Glazgo Reynjers" yoki "Vulverxempton" raqib bo'lishi mumkin.


Demak, kelasi mavsum Evropa ligasida qaysi klubga muxlislik qilishimizni aniqlab oldik.

Reyting: +85   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика