Niko Uilyams MYU bilan o'yin haqida: "Ushbu qarama-qarshilikda favorit yo'q, ular APLda pastda joylashishgan. Biz "Atletik Bilbao" nimaligini ko'rsatishga harakat qilamiz"
20 apr 11:18
Yangiliklar
Niko Uilyams MYU bilan o'yin haqida: "Ushbu qarama-qarshilikda favorit yo'q, ular APLda pastda joylashishgan. Biz "Atletik Bilbao" nimaligini ko'rsatishga harakat qilamiz"
"Atletik" yarim himoyachisi Niko Uilyams Evropa Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan jamoaning kayfiyati haqida gapirdi.
"Har bir bola "Old Trafford"da o'ynashni xohlaydi. "San-Mames"dagi dastlabki o'yinda bor kuchimizni ishlatib, so'ngra Manchesterga borib, "Atletik Bilbao" nimaligini ko'rsatishga harakat qilamiz. Ushbu qarama-qarshilikda favorit bo'lmaydi. "Manchester Yunayted" APLda pastda joylashgan, ammo "Olimpik" bilan o'yinda ular nimalarga qodir ekanliklarini yaqqol ko'rsatishdi", - dedi Uilyams.
"Atletik"ning "Manchester Yunayted"ga qarshi yarim finaldagi dastlabki uchrashuvi 1 may kuni, javob o'yini esa 8 may kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar