Niko Uilyams MYU bilan o'yin haqida: "Ushbu qarama-qarshilikda favorit yo'q, ular APLda pastda joylashishgan. Biz "Atletik Bilbao" nimaligini ko'rsatishga harakat qilamiz"

Alisher Ostonov
20 apr 2025, 11:18
"Atletik" yarim himoyachisi Niko Uilyams Yevropa Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan jamoaning kayfiyati haqida gapirdi.

"Har bir bola "Old Trafford"da o'ynashni xohlaydi. "San-Mames"dagi dastlabki o'yinda bor kuchimizni ishlatib, so'ngra Manchesterga borib, "Atletik Bilbao" nimaligini ko'rsatishga harakat qilamiz. Ushbu qarama-qarshilikda favorit bo'lmaydi. "Manchester Yunayted" APLda pastda joylashgan, ammo "Olimpik" bilan o'yinda ular nimalarga qodir ekanliklarini yaqqol ko'rsatishdi", - dedi Uilyams.

"Atletik"ning "Manchester Yunayted"ga qarshi yarim finaldagi dastlabki uchrashuvi 1 may kuni, javob o'yini esa 8 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Goal