D. Imomxo'jaev Muborakdagi o'yinda urilgan "gol"ga munosabat bildirdi
09 apr 2021 18:48
Yangiliklar


D. Imomxo'jaev Muborakdagi o'yinda urilgan "gol"ga munosabat bildirdi
"Mashal" Superliga 5-turi doirasida "Qo'qon-1912" bilan kuch sinashyapti.
Mazkur o'yinda darvozaga to'rdagi teshikdan kirgan to'p gol deb hisoblandi. O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev mazkur vaziyatga reakciya bildirdi.
"Mashal — Qo'qon-1912 o'yinida hisoblangan gol Superligani yana mashhur qiladigan bo'ldi. Bizning PFL tomonidan aytishimiz mumkin bo'lgani esa — bugun VAR-2 uchun navbatdagi mashina xarid qilindi. Uning yordamida hakamlarda shunday gollarni qayta ko'rish imkoni bo'ladi. Ko'ngilni keng qilamiz", deydi muallif.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar