Corriere della Sera: Agar Konte ketsa "Yuventus"ni Mixaylovich boshqaradi
19 may 2014 21:25
Yangiliklar
Corriere della Sera: Agar Konte ketsa "Yuventus"ni Mixaylovich boshqaradi
Yuventus rahbariyati har ehtimolga qarshi Antonio Kontega o'rinbosar topib qo'ymoqchi.
Konte qo'l ostida "Yuventus" ushbu mavsumda 102 ochko to'plab Italiya chempionligini qo'lga kiritdi. U "Monako" jamoasi qiziqishlari doirasida turibdi.
Agar Konte jamoani tark etadigan bo'lsa, turinliklar "Sampdoriya" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovichni jamoaga taklif qilmoqchilar.
Sal avvalroq esa, turinliklar "Roma" bosh murabbiyi Rudi Garsiyaga qiziqayotganliklari haqida xabar qilingan edi.
Fikrlar