So’nggi yangiliklar

13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   0 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  0 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  12 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  14 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  2 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  5 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  13 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  7 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1

Coca-Cola Superligasining 8-tur o'yinlari yozga surildi Yangiliklar

Coca-Cola Superligasining 8-tur o'yinlari yozga surildi

Buning sababi malum qilindi.

"21 aprel kuni hayit ayyomiga to'g'ri keldi. 30 aprel kuni esa mamlakatimiz uchun muhim kun hisoblanadi. Biz mart oyida O'zbekiston mezbonlik qilgan U20 Osiyo kubogi bilan parallel ravishda ichki musobaqalarni o'tkazdik. Ramazon oyi davomida ham futbol uchrashuvlari davom ettirildi. Hayit bayrami kunida ham qator o'yinlar tashkil etiladi. Zich taqvimga qaramay futbol uchrashuvlarini tashkil etishda biz bilan elkama-elka xizmat qilayotgan Ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda Tez yordam hodimlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

30 aprel kuni mamlakatimiz aholisi o'z huquqidan foydalangan holda ovoz berishda ishtirok etadi. SHuningdek, futbol jamoatchiligi: murabbiylar, futbolchilar, rasmiylar, mutaxassislar ham o'z oila azolari bilan referendumda qatnashishni niyat qilgan. Futbol uchrashuvlarini o'tkazishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar uchun qulaylik yaratish maqsadida O'zbekiston Professional futbol ligasi Coca-Cola Superliga 8-tur uchrashuvlarini 30 iyun sanasidan boshlab o'tkazishga qaror qildi. O'yinlar sanasini mazkur havola yordamida bilib olish mumkin. 27-30 iyul kunlari esa O'zbekiston kubogining 1/8 final uchrashuvlari bilan futbol klublari yozgi tanaffusdan qaytadi.   

Liga 2023 yilgi futbol mavsumi har yildagidan yaxshiroq bo'lishiga ishonadi. Bizni yil davomida yanada murosasiz futbol uchrashuvlari kutib turibdi", deyiladi PFL xabarida.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика