So’nggi yangiliklar

23:50Достонбек Тўхтабоев: "Натижа "Андижон" учун фойдали бўлди деган бўлардим"  0 23:25Лионель Месси: "Жаҳон чемпионати қийин бўлади"  7 22:55Миллатлар Лигаси. Нидерландия - Бельгия, Дания - Франция. Асосий таркиблар билан танишинг  4 22:35Неманья Матич: "А Сериядан осонроқ ўйинлар кутгандим"  2 22:15Тожикистон Таиланддаги мусобақа ғолибига айланди  16 21:57Анвар Бердиев: “Агарда пенальтидан фойдалана олганимизда ютишимиз ҳам мумкин эди”  30 21:35Ян Облак "Манчестер Юнайтед"га ўтадими?  4 21:14Назорат учрашуви. "Динамо" Жиззахда "Сўғдиёна"дан устун келди  10 20:55"Ювентус" "Атлетик" ҳужумчиси учун курашга тайёр   0 20:37"Насаф" назорат учрашувида "Хоразм"га мағлуб бўлди  41 20:15Про лига. "Снайперлар" жангида ким ғолиб бўлиши мумкин?  6 19:53Про Лига. "Турон" ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  71 19:27Хорди Альба: "Швецария билан ўйиндаги воқеа шармандалик"  0 19:05Харри Кейн: "Жаҳон чемпионатида яхши иштирок этсак, бу муваффақиятсизликлар эсдан чиқади"   0 18:47Англиянинг уч топ-клуби "Интер" футболчиси учун даъвогарлик қилмоқда  0

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" bir kishi kam bo'lib qolib, penaltidan gol urolmagan "Neftchi" maydonida g'alaba qozondi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" bir kishi kam bo'lib qolib, penaltidan gol urolmagan "Neftchi" maydonida g'alaba qozondi

Coca Cola Superligasi 15-turidan joy egallagan uchrashuv yakunlandi.

"Neftchi" — "Paxtakor" 0:2

Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 19.00

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Alisher To'xtasinov

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR hakami: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: SHerzod Rajabov

Gollar: Sardor Sobirxo'jaev, 29 (0:1), Dragan CHeran, 72 (0:2)

"Neftchi": 69.Evgeniy Konyuxov, 4.Andrey Mishenko, 6.Sirojiddin Qo'ziev (9.Sunnatulla Abdullajonov, 46), 7.Oybek Qilichev (28.Fozil Musaev, 62), 13.Lutfullo To'raev, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Salamat Quttiboev, 22.Umar Ahmadxzoda, 26.Aleksey Larin, 46.SHahzodbek Ubaydullaev (17.Abdulloh Olimov, 84), 99.Ulug'bek Hoshimov (11.Izzatilla Abdullaev, 46)

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 31.Nodirxon Nematxonov, 44.Darko Stanoevich, 88.Doniyor Valiev

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (23.SHerzod Azamov, 82), 5.Aleksandr Nasonov, 13.Iliya Martinovich, 34.Farruh Sayfiev, 6.Ikrom Aliboev (28.Diyor Xolmatov, 75), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 17.Dostonbek Hamdamov (63.Muhammadali O'rinboev, 88), 8.Azizbek Turg'unboev (42.Abbos Fayzullaev, 75), 10.Dragan CHeran, 19.Pshemislav Banashak

Zaxira:  33.Eldorbek Suyunov, 15.Diyor Ortiqboev, 88.SHahzod Azmiddinov

Ogohlantirishlar: Qilichev (24), G'ofurov (90+5)

CHetlatish: Abdullajonov (68)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! "Paxtakor" safardan 3 ochko bilan qaytdi.

90+5. G'ofurov ham uyga quruq qaytmaydigan bo'ldi.

Jamoalar o'yin vaqti tugashidan ilgariroq uchrashuv yakunlanishini istarli uchrashuv namoyish etmoqda.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Hamdamov o'rniga O'rinboev bahsga qo'shildi.

84. Ubaydullaev o'rniga Olimov maydonga tushirildi.

82. Azamov Alijonov o'rniga o'yinni yakunlab qo'yadi.

80. Ubaydullaev qanchalik baland sakrashga urinmasin, darvozabonga qo'l bilan o'ynashga ruxsat berilgan.

Muxlislar tomonidan hakamlar haqidagi o'sha mashhur qo'shiq yangrashni boshladi.

75. "Paxtakor"da o'zgarishlar: Turg'unboev o'rniga Fayzullaev, Aliboev o'rniga Xolmatov tushirildi.

Superligada 106-golini urgan Dragan CHeran O'zbekiston chempionatida eng ko'p gol urgan xorijlik futbolchiga aylanibdi.

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! CHeran unga nisbatan ishlatilgan qo'polliklarning alamini oldi. O'ng qanotdan kirib borgan hujumchi Sobirxo'jaevning pasini o'ng oyoqda golga aylantirdi.


68. Abdullajonov quyidagi fikrlarimizni tasdiqladi, unga to'g'ridan-to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l ko'rsatadigan kartochka ko'rsatildi.

"El-Klasiko"ning avjiga chiqqan yillari ham bunchalik ko'p fol bo'lmagandi, chamamda.

62. Qilichov qizil kartochka olmasidan zaxiraga olindi, Musaev maydonga tushirildi.

61. Ubaydullaev raqib jarima maydoniga yorib kirdi, biroq uni qo'llaydigan sheriklari ortda qolib ketdi, zarba esa Quvvatovni unchalik bezovta qilmadi.

58. Yana janjal. Qilichev o'ziga qo'pollik ishlatgan Aliboevni turtib yubordimi yoki shunchaki nafas bilan zarba berdimi, Aliboev darhol yiqildi. Lekin kartochkaga arzigulik harakat emas deb topildi.

55. Aliboevga to'p og'irlik qildi, CHeranning pasini qabul qilishda yarim himoyachi muvozanatni yo'qotdi.

53. Hozircha yo'q ekan.

52. "Neftchi"da qulay standart yuzaga kelmoqda. Telegramda aylantirishga arzigulik jarima zarbasi tepa oladigan mard bormikan?!

50. Quvvatov Adhamzodaning markaziga uzatgan pasini Quvvatov o'zlashtirib oldi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Biroz nafas rostlab olamiz.

45+5. Quvvatovni to'pni qaytardi!!! Birinchi bo'lim uchun "Oltin to'p"ni "Paxtakor" posboni berish kerak.

Penalti! To'p mehmonlar o'yinchisining qo'liga tegdi, deb topildi.

VAR "Paxtakor" darvozasiga penalti belgilash masalasini ko'rib chiqmoqda.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa etarli deb topildi, aks holda biror futbolchi shifokorlar yordamida maydonni tark etishi mumkin.

42. Ubaydullaev raqib jarima maydoni ichida ikkita darvoza qo'ysa ham gol bo'lmaydigan zarbani ijro etdi.

40. Ahmadxzoda Turg'unboevga nisbatan Ahmadboyning qilgan ishini amalga oshirdi.

38. Hamdamov to'p bilan oldinga borayotgandi, biroq To'raev chang'i uchayotganday harakat qilib, to'pni maydon chetiga kuzatib qo'ydi.

34. ZARBA! Qilichev gol urishi uchun oyog'idan nima kelsa, hammasini qilmoqda, ammo to'p hozircha undan yuz o'girmoqda.

31. ZARBA! Qilichev qilichday keskir zarbasi bilan hisobni tezda tenglashtirishi mumkin edi, biroq Sanjar Quvvatov ham ismiga mos harakatni amalga oshirdi.

29. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Hamdamov chap qanotdan oldinga bordi va markazda turgan Bonashakka pas berdi, u esa ortroqda turgan Sobirxo'jaevga uzatma amalga oshirdi. Sardor esa bunday vaziyatni ko'kka sovurishga uyaldi.

26. Hamdamovning pasidan so'ng to'pning o'rniga CHeran maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

24. Oybek Qilichev o'zidan gavdaliroq bo'lgan CHeranni ag'anatdi, buning sharofati o'laroq, hakam tomonidan "mukofotlandi".

22. ZARBA! Quvvatov narigi darvozani qo'riqlayotgan hamkasbidan qolishmasligini amalda isbotladi.

21. ZARBA! Koryuxov olqishlashga arzigulik harakat amalga oshirdi, vaholanki, "Paxtakor" futbolchisi yaqin masofadan zarba yo'llagandi.

Ikkala jamoa azolari ham hozircha "Qoidalar buzish uchun yaratilgan" shioriga amal qilib, harakat qilmoqda.

15. "Neftchi" quvlashmachoq o'yinini tasavvur qildi shekilli, qochib ketayotgan Alijonovni tutib oldi.

14. Quvvatov futbolda sodir bo'ladigan prikol gollardan birining sodir bo'lishiga yo'l qo'ymadi.

13. Hamdamov qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

11. "Paxtakor" futbolchisining xatosidan "Neftchi" hujumchisi bir golli qonidan kechdi.

Bugun vodiydagi stadionga ko'zimiz o'rganganidan ancha serob tomoshabin tashrif buyurgan.

6. Uchrashuvdan oldin ekspertlar tomonidan jangovar o'yin bo'ladi deyishganini futbolchilar asl manosida tushunishgan ko'rinadi, hozircha to'pdan ko'ra futbolchilarning oyoqlari ko'proq zarba qabul qilmoqda.

5. Qutiboev "Paxtakor" futbolchisiga oyoq og'rig'i qanday bo'lishini eslatib qo'ydi, buning evaziga ogohlantirildi

2. Dastlabki esda qolarli vaziyat gol emas, fol bo'ldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Bugun mezbonlar yashil, mehmonlar sariq-qora rangli libosda harakat qilishadi.

Endi ekspertlar komissiyasiga futbolchi va murabbiylar ham kiritiladi

Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

+28   
12 avg 21:08:27
Gooooooooooooooooool
Mana Paxtakorchilar halollikda gap katta. Raqobatni qaranglar 4-5 ta jamoa kurashmoqda chempionlik uchun. Avvalgidek chempion bo'lishlaringiz aniq emas lekin ehtimoli bor. Keyingi o'yinlarda ham Paxtakorga omad!
+26   
12 avg 20:50:07
Zaylobiddin
Бу Нефтчини ўйинчиларини Хаммасини алиштириш керак. Бўлмаса Туронга ўхшаб келаси йил Аник 2 лигага тушиб кетади
+25   
12 avg 20:57:42
Хигмауло Нимаулоев
Бу уйинни л класико деб булмайди. Нефтчини базе футболчиларини професионал деб булмайди.
+24   
12 avg 21:24:05
Пахтакор - Ҳакамлар жамоаси!
Muhammadxon Mamatov foydalanuvchining fikriga javob berish
Фитначисан бу аъмалингни ташла дедим ташолмайсанми манга ёзма
Ақлинг ошиб тошиб ётган бӯлса мана шу Пахтачиларингга устозлик қил!)))



12 авг 21:18:20

Mиллиaрдер

,,КУК"лар бугун роса кутишди Пахтакорни очко йукотишини. Базилари уялмасдан энг азалий ракибларига мухлислик килиб утирди. Уз номи билан ,, КУК" да хафа бумела))))

+22   
12 avg 21:08:12
♔͜͡͡☆͜͜͡ᴋ͜͜͡ ͜͡ɪ͜͡ ͜͜͡ɴ͜͡ ͜͜͡͡ɢ͜͡☆͜͡♔
Sarlavhaga minus 10
+21   
12 avg 21:37:20
Пахтакор - Ҳакамлар жамоаси!
⚽️ I S L O M ⚽️ foydalanuvchining fikriga javob berish
Otti qottogi korvossammi sudyani endi kotti qis
Ёзаётган гапларингга сани исминг хайф! Яхшиси отти ӯша нарсасини уйингдагиларга подарка қил!)))
+20   
13 avg 09:02:50
@Камолиддин@
Бахтийор Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Бу туришингда батар бўлсанг бўласан, лекин бетар бўлмийсан.
Санга ўхшаб ялокмасман, шунгаям шукур.
+20   
12 avg 22:25:20
Реал Мадрид
Mиллиaрдер foydalanuvchining fikriga javob berish
,,КУК"лар бугун роса кутишди Пахтакорни очко йукотишини. Базилари уялмасдан энг азалий ракибларига мухлислик килиб утирди. Уз номи билан ,, КУК" да хафа бумела))))
Сан манимча г. . .й таркалганснми нукул кук дейсан бирон жойинг галати булиб кетадими ёки кук рангни курсан тошма тошиб кетадими милардер миш ундан кура милашкаман де
+20   
12 avg 21:48:52
Roma .Neftchi
Paxtakor muxlislarini g'alaba bn tabrikleyman bazi bir salom pro liga deyotgan paxtakor muxlislariga esa shunchaki qoyil qolmadim mayli hamma jamoani omadini bersin kim proga tushishini esa mavsum oxirida koramiz
+20   
12 avg 21:12:26
Zaylobiddin
Пахтакор / 2017 foydalanuvchining fikriga javob berish
Нега к,айтардин К,увватов шу́рига шу́рва ту́кдин
Кулманг Кувватов Таваккал ташлади. ОЧЛ.да Мана шундек кулишингизни кўрайлик
+20   
12 avg 21:07:18
leva8989
Спартак foydalanuvchining fikriga javob berish
Узича Пахтакор дан уч оламиз деган нусхаларнинг дами ичига тушиб колди, баттар булларинг, салом пролига
E dalbayobmisan,Neftchi Paxtakordan hozirgi paytda kuchsizroqligini hamma biladiku,nima qilasan muhlislar orasida fitna chiqarib,erkakka o'xshab fikr yoz jalap...Paxtakor xaqli g'alaba qozondi,Neftchida intizom masalasida ishlash kerak,jamoa bu yil Superligada qolishiga ishonamiz Levchenko tarkibni shakllantirib oladi hali
+20   
12 avg 20:46:47
Kambaraliev
Zaylobiddin foydalanuvchining fikriga javob berish
Оғалар Ўйинга Шубха бор. Этибор беринглар Нефтчида Кўзи ёниб турадиган футболчи йўқ. Кани Олдинги Номус учун ўйнайдиган Нефтчи
Олдинлари озимизи Фаргонани академяни боллари ойнарди жонини берарди булар боса копи пул учун югириб юрипти то академяни кучайтириб озимиздан болар чикмасакан огналиши кийин
+20   
12 avg 18:46:44
rashidhon
Премьер лига ва Ла Лига ни олиб беролмаса футбол ТВ канални ёпиб юборилар асабни бузмай Эски у́йинларни ку́рсатмасдан УЯЛИЛАР.
+20   
12 avg 18:33:24
Shavkatbek Tojiaxmatov
Kuchli jamoa g‘alaba qozonsin. Muhimi halol futbol bo‘lsin va muhlislar zavq olsin. Neftchi jamoasi shonli tarixga ega klub. Tez orada kuchlilar qatoriga qaytishiga tilakdoshman. Hurmat bilan Navbahor muhlisi.
+19   
13 avg 00:03:04
Doston1001
Sarlavhani sikib quyaslarda paxta.asia
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика