Coca Cola Superligasi. Bugun mavsum tugaydi
30 noy 2019 08:48
Yangiliklar


Coca Cola Superligasi. Bugun mavsum tugaydi
“Andijon” - “Qizilqum”
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Rishat Nugmanov, SHohrux Azamov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Oybek Yunusov
Musobaqa jadvalining so'nggi pog'onalarida borayotgan klublar o'rtasidagi bahs.
"Andijon" va "Qizilqum" klublari hozirga qadar 31 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 12 marta "burgutlar" g'olib bo'lishgan, 16 bor "Qizilqum" zafar quchgan. Qolgan 3ta bahsda durang qayd etilgan.
Bu jamoalarning Andijonda o'tgan oxirgi 10ta o'zaro o'yinida "Qizilqum" faqat bir marta g'alabaga erishgan xolos.
Dastlabki davrada "Qizilqum" maydonida o'tgan bellashuvda durang kuzatilgan edi. Dastlab "Burgutlar" yarim himoyachisi Oybek Qilichev 2019 yilgi Superliganing birinchi tarixiy golini urgandi. Bunga "Qizilqum" vakili SHerali Jo'raev javob bergandi - 1:1.
Andijon Abdullo Olimov - 74' |
Superliga. 26-tur 01/12/2019, 12:00 0
:
1
Tugadi
|
Qizilqum |
“Lokomotiv” - “Paxtakor”
Hakamlar: Elyor Tursunov, Ravil SHayaxmitov, Olim Abduvosilov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Sardor Najafaliev
Komissar: Abbos Ahrorov
2019 yilgi mamlakat chempioni "Paxtakor" bu yilgi chempionatni oldingi 3 mavsum chempioni "Lokomotiv"ga qarshi o'yin bilan tugatadi.
CHempionatlar doirasida bu klublar 31 bor to'qnash kelishgan. "SHerlar" 18 bellashuvda zafar quchishgan, 6 o'yinda "Lokomotiv" g'olib chiqqan. 7 uchrashuvda jamoalar durang o'ynashgan.
"Lokomotiv" o'z uyida oxirgi ikki uchrashuvda bu jamoaga umuman yutqazmagan.
Birinchi davrada bu jamoalar o'rtasidagi bahsda "Paxtakor" o'z maydonida 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Igor Sergeev hisobni ochgan, Dragan CHeran dublga erishganidan so'ng "Loko" safida Arslanmirat Amanov gol urgandi.
“Nasaf” - “Dinamo”
Hakamlar: Vadim Agishev, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Sardor Qudratullaev
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" Qarshida Superligada qolish uchun kurashayotgan "Dinamo"ni qabul qiladi. Superligadan kim tushib ketadi? "Buxoro" yoki "Dinamo"
O'zaro o'yinlar tarixiga murojaat qilsak, 20ta o'yinda "Nasaf" g'olib bo'lgan, 12ta durang qayd etilgan va 7 marta "Dinamo" bu jamoani mag'lub etgan.
"Dinamo" so'nggi bor Qarshida 2011 yilda g'alaba qozongan. SHundan keyin ketma-ket beshta uchrashuvda "Nasaf" o'z uyida bu jamoani faqat mag'lub etib kelmoqda.
1-turda Samarqandda o'tgan o'zaro bahsda g'olib aniqlanmagan edi. Uchrashuvdagi hisobni mehmonlar himoyachisi Dilshod Saitov ochgandi. Ikkinchi taym avvalida esa Amirjon Safarov yakuniy natijani o'rnatgan - 1:1.
Nasaf Aziz G'aniyev - 78' |
Superliga. 26-tur 30/11/2019, 15:00 2
:
1
Tugadi
|
Dinamo Amirzhon Safarov - 55', Obid Hakimov - 73' |
“Buxoro” - AGMK
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Laziz Qo'chqorov
Superligada qolish uchun kurashayotgan "Buxoro" mavsumni Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMKga qarshi o'z maydonidagi o'yin bilan yakunlaydi.
Bu klublar hozirga qadar 21 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 9 marta olmaliqliklar, 8 marta buxoroliklar muvaffaqiyat qozonishgan. 4ta uchrashuvda durang kuzatilgan.
"Buxoro" o'z maydonidagi oxirgi 3ta o'zaro o'yinda 3 marta g'alabaga erishgan. So'nggi bor AGMK 2015 yilgi mavsumda Buxorodan g'alaba bilan qaytgan ekan.
Birinchi turda Olmaliqda kechgan bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvda nursiz durang qayd etilgan - 0:0.
Buxoro Murod Bobojonov - 18', Behruz SHodmonov - 90' |
Superliga. 26-tur 30/11/2019, 15:00 1
:
2
Tugadi
|
OKMK Elguzha Grigalashvili - 15' |
“Metallurg” - “Surxon”
Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Farhod Usmonov, Zufar Eliboev, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Alisher Fayziev
Musobaqa o'rta pog'onalarini egallagan klublar o'rtasidagi uchrashuv.
Bu jamoalar hozirga qadar O'zbekiston chempionati doirasida 15ta o'yin o'tkazishgan. 6ta uchrashuvda "Metallurg" g'olib bo'lgan, 2 marta "Surxon"ning qo'li baland kelgan. 7ta uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.
"Metallurg" o'z uyida hech qachon "Surxon"ga yutqazmagan ekan - 6 g'alaba va 1 durang. "Surxon" 1999 yilgi mavsumda Bekoboddan ochko bilan qaytgan xolos, qolgan barcha safardagi o'yinlarda imkoniyat boy berilgan.
Dastlabki davrada Termizdagi uchrashuvda durang qayd etilgan. Dastlab mezbonlar hujumchisi SHerzod Hakimov hisobni ochgan, ikkinchi taym oxirida bekobodliklar himoyachisi Abbos Otaxonov muvozanatni tiklagandi - 1:1.
Metallurg Stanislav Andreyev - 22', Abror Toshqo'ziev - 30' |
Superliga. 26-tur 30/11/2019, 15:00 0
:
2
Tugadi
|
Surxon |
“Qo'qon-1912” - “Navbahor”
Hakamlar: Zokir Qodirov, Obid Jumaev, Ruslan Samandarov, Rustam CHoriev
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: SHerzod Rajabov
Superligadagi eng so'nggi vodiy derbisida "Qo'qon-1912" va "Navbahor" klublari to'qnash kelishadi.
Bu klublar hozirga qadar 27ta o'yin o'tkazishgan. Ustunlik "Navbahor" tomonida. "Lochinlar" 16ta uchrashuvda 3 ochko olishgan, 6 marta qo'qonliklar g'alaba qozonishgan. Qolgan beshta o'yinda durang qayd etilgan.
"Navbahor" Qo'qondagi oxirgi 3ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmagan. So'nggi bor "Qo'qon-1912" bu jamoaga o'z uyida 2015 yilda yutqazgan ekan.
Dastlabki davrada bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuv Toshkentdagi TTYMI stadionida bo'lib o'tgandi. O'shanda dastlab namanganliklar yarim himoyachisi Oston O'runov hisobni ochgandi. Ikkinchi taymda esa qo'qonliklar hujumchisi SHahboz Erkinov hisobni tenglashtirgandi - 1:1.
Qo’qon-1912 Suhrob Berdiyev - 16' |
Superliga. 26-tur 01/12/2019, 12:00 1
:
1
Tugadi
|
Navbahor Azizbek Turg’unboyev - 20' |
“Bunyodkor” - “So'g'diyona”
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Ahmed Tillaev
2019 yilgi O'zbekiston chempionatining bronza medali sohibini aniqlab beruvchi bahs. Superliga-2019. Bronza medali kimga nasib etadi?
Bu ikki klub chempionat doirasida 19ta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Bu o'yinlarning 15tasida "Bunyodkor" zafar quchgan. Ikki marta durang kuzatilgan va ikki bor "So'g'diyona" g'alabaga erishgan.
"Bunyodkor" o'z maydonida hech qachon "So'g'diyona"ga mag'lub bo'lmagan ekan - 8 g'alaba va 1 durang.
Birinchi davrada Jizzaxda o'tgan bahsda "So'g'diyona" 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Maydon egalari safida Doston Toshmatov va Oybek Nurmatov gol urishgandi, "Bunyodkor" tarkibida esa Sanjar Qodirqulov o'zini ko'rsatgandi.
Bunyodkor Islom Qobilov - 41', Nurillo To'xtasinov - 60', Islom Qobilov - 62' |
Superliga. 26-tur 30/11/2019, 15:00 2
:
2
Tugadi
|
So'g'diyona Kaxi Maxaradze - 75' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar