So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  25 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

Coca-Cola Superliga. "Paxtakor" chempionatni o'z maydonida mag'lubiyat bilan boshladi, klubning omadsiz seriyasi davom etadi Yangiliklar

Coca-Cola Superliga. "Paxtakor" chempionatni o'z maydonida mag'lubiyat bilan boshladi, klubning omadsiz seriyasi davom etadi

Teglar :  PaxtakorOlimpik
Coca-Cola Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Olimpik" uchrashuvi yakunlandi.

Coca-Cola Superliga. 1-tur

PAXTAKOR – OLIMPIK 2:3

3 mart 2023 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30

Hakamlar: Aziz Asimov, Ruslan Serazitdinov, Alisher Usmonov, Sultonmurod Abdurahmonov

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Edita Mirabidova

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Abbosxon Ahrorov

Gol: 0:1 — 7, Jiyanov, 0:2 — 49, Odilov, 1:2 — 63, Sayfiev, 1:3 — 79, Abdumajidov, 2:3 — 83, Tursunov.

"Paxtakor": 33.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Doston Tursunov, 88.SHahzod Azmiddinov, 34.Farruh Sayfiev, 7.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 17.Dostonbek Hamdamov (28.Diyor Xolmatov, 80), 9.Sardor Rashidov, 8.Azizbek Turg'unboev, 10.Dragan CHeran.

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Muhammadali O'rinboev, 15.Giorgi Papava, 31.Muhammadali Usmonov.

"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Odilbek Abdumajidov, 5.SHahzod Toirov, 6.Behzod SHamsiev, 23.Abdurauf Bo'riev (44.Asadbek Raximjonov, 90+2), 21.Muhammadaziz Ibrohimov (10.Farruhbek Muxtorov, 69), 30.Jasur Jaloliddinov (8.Nodirbek Abdixoliqov, 69), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (77.Rustamxon Azimov, 90+2), 37.Alisher Odilov, 7.Ruslanbek Jiyanov (9.Muhammadali G'iyosov, 78).

Zaxira: 1.SHukron Yo'ldoshev, 18.Sardorbek Mahmudov, 19.Ahmadullo Muqimjonov, 17.Temur Mamasidiqov.

Ogohlantirishlar: Muhammadaziz Ibrohimov (45), SHahzod Azmiddinov (45+3), Dragan CHeran (57), Dragan CHeran (59), Jasur Jaloliddinov (62), SHahzod Toirov (90+4).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! "Paxtakor" Superliga doirasida hali "Olimpik"ni mag'lub eta olmagan, ushbu omadsiz seriya davom etadi.

90+2. "Olimpik"da o'zgarishlar: Abdurauf Bo'riev va Otabek Jo'raqo'ziev o'rniga Asadbek Raximjonov hamda Rustamxon Azimov maydonga tushirildi.

90+1. Turg'unboev chindan ham mahoratli futbolchi, chunki uncha-muncha futbolchi ikki metr masofadan bo'sh darvozaga noaniq zarba yo'llay olmaydi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85. Alijonov o'ng qanotdan raqibidan, to'p esa ikkalasidan ham qochib ketdi.

83. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Doston Tursunov uzoq masofadan chap oyoqda raqib darvozasini ishg'ol qildi!  

80. "Paxtakor"da o'zgarish: Xolmatov Hamdamovni almashtirdi.

79. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Abdumajidov raqib posboni qaytargan to'pni o'zi bilib-bilmasdan "Paxtakor" darvozasiga kiritdi!

78. "Olimpik"da o'zgarish: Jiyanov o'rniga G'iyosov maydonga tushirildi.

77. "Olimpik" futbolchisining zarbasini Eldorbek Suyunov ko'kragi bilan qaytardi.

70. Abdunabievning to'pni ushlab olishdagi xatti-harakati bir hafta avval ECHLda Kurtua va Alissonnikidan ham o'tib tushishiga bir bahya qoldi.

69. "Olimpik"da o'zgarishlar: Nodirbek Abdixoliqov, Farruhbek Muxtorov maydonga tushirildi, Jasur Jaloliddinov va Muhammadaziz Ibrohimovga dam berildi.

63. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!!  Sayfiev o'ng oyoqda jarima zarbasini aniq amalga oshirdi!

62. Jaloliddinov ajoyib seyv amalga oshirdi, ammo uning darvozabon emasligi yodidan chiqqan ko'rinadi, uchrashuv bosh hakami esa buni eslatib qo'ydi.

59. Alijonovning "Voyyyyyyy" deb baqirganiga birrovga ekrandan chalg'igan yuragim yorilay dedi. Unga nisbatan qo'pollik ishlatgan SHamsiev ogohlantirildi.

57. CHeran ham hakamning kartasidan benasib qolmadi.

Uchrashuvni mana shu inson ham kuzatib bormoqda.

55. Turg'unboevning zarbasi gol bo'lishi uchun "Olimpik" darvozasining yuqori to'sini bo'lmasligi kerak edi.

53. Rashidovning zarbasidan so'ng "Olimpik" himoyachisi SHahzod Toirov burni bilan seyv amalga oshirdi.

49. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Birinchi golda penalti ishlagan Odilov ikki raqibini ortda qoldirib, raqib posbonining olis burchagini aniq mo'ljalga oldi!


47. Jaloliddinov Turg'unboev bilan kim balandroqqa sakrash borasida bahslashdi. Hakam esa sakramagan "Paxtakor" futbolchisi foydasiga qaror chiqardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Taym yakunida Kapadze Mirsaidov va Turg'unboevni yarashtirishga harakat qilib ko'rdi.


45+3. Hakam quvlashmachoq o'ynab, raqibini tutib olgan Azmiddinovni jazoladi.

45+2. Turg'unboev zarba yo'lladi, u yon hakamni raqib posboni bilan adashtirib qo'ygan ekan. 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Muhammadaziz Ibrohimov ko'p o'ylagani uchun ogohlantirildi.

44. Jaloliddinov milicioner tag'iga o'xshagan bayroqli tayoqcha ko'tarib olgan hakam yonidan sekin to'pni o'yinga kiritdi. Yon hakamning kiyimi ham biroz o'xshab ketarkan-da...

42. Sayfiev paszarba yo'lladi. Abdunabiev to'pni qaytardi, keyin esa darvoza to'sini Abdunabievni.

37. CHeran Turg'unboev uzatgan to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, to'p esa qaysarlik qilib, serbiyalik hujumchi aytgan manzilga bormadi.

36. Sayfiev Jiyanovni ruxsatsiz o'z hududiga o'tkazib yuborgisi kelmadi. Hakam esa hujum qilishga ruxsat berdi.

34. Turg'unboev raqib jamoadagi bratishkasi bilan tortishib qoldi. Hakam bu futbol ekanligini eslatdi.

32. "Paxtakor" qo'lida bayroqchasi bor hakam yonidan standart vaziyat amalga oshirdi, ammo raqib futbolchilari xavfni bartaraf etdi.

30. CHeran maydon markazidan zarba yo'lladi. "Olimpik" darvozaboni esa oyog'i bilan to'pni to'xtatdi.

27. "Olimpik" futbolchisi jamoadosh darvozaboni tomonidan oshirilgan havodagi to'pni to'xtatib ololganida, boshqa darvozabon bilan yuzma-yuz kelardi. To'g'ri-da, agarda tezkor paslarni eplab to'g'rilay olganida, shu erda o'ynarmidi.

25. "Olimpik" futbolchilari ketma-ket ikki bor "Paxtakor" muxlislarining "Validol" tabletkasini ichishga majbur qiladigan hujum tashkillashtirdi.

23. Sayfievning havodan uzatgan to'piga etishi uchun Dragan CHerando bo'lishi lozim edi.

21. Hamma statistika borasida raqib jamoa birinchi bo'lishini istamagan Hamrobekov raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi hamda mavsumdagi birinchi ogohlantirilgan futbolchi nominaciyasi g'olibiga aylandi.

19. Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pi Abdunabievning qo'llaridagi aerodromga kelib qo'ndi.

17. Jiyanov bilan to'qnashib ketgan Azmiddinovning dodlagan ovozi stadiondan ber necha kilometr naridan bo'lgan bizgacha etib keldi.

14. Suyunovning qo'li etib borguncha Jiyanov tomonidan uzoq masofadan tepilgan to'pning benzini tugab qoldi.

13. Alisher Odilovga nisbatan Azmiddinov biroz avval Suyunov qilgan harakatni amalga oshirdi.

11. Sardor Rashidovning pasidan so'ng "Olimpik" navbatdagi hujumini boshladi.

9. CHeranning raqib jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasiga darvoza kaltalik qildi.

7. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Jiyanov Superliganing yangi mavsumidagi ilk goli muallifiga aylandi. Ruslanbek 11 metrli nuqtadan adashmadi. 

5. Hakam monitor orqali vaziyatni kuzatdi va "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgiladi!

3. Alisher Odilov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va Suyunov bilan to'qnashib ketdi. Hakam daqiqasi tekin bo'lgan qurilmada hamkasblari bilan penalti belgilash borasida suhbatlashmoqda.

1. "Paxtakor" himoyachisi mavsumni sal qolmasa anekdotlardan o'rin oladigan harakat bilan boshlashi mumkin edi.

1. Uchrashuv boshlandi. Ikkala jamoa ham 4-5-1 sxemasida uchrashuvni boshlaydi. "Paxtakor" ko'k-sariq, "Olimpik" oq rangli libosda harakat qiladi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Qo'llarimizni ko'ksimizga qo'yib kuylaydigan musiqamiz yangradi.

"Paxtakor" stadioni skameykalar bilan to'lib-toshgan, uchrashuvga bora olmay qolganlar birgalikda kuzatib boramiz.

Assalomu alaykum, yangi futbol mavsumini intiqlik bilan desak ko'pchilik uchun oshirib yuborgan bo'lamiz-u, har holda biroz bo'lsa-da qiziqish bilan kutayotgan futbol muxlislari! Bugun amaldagi mamlakat chempioni hamda o'tgan mavsum kashfiyoti o'rtasidagi derbi guvohiga aylanamiz.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика