Rasman: Joze Mourinyu - "Benfika" bosh murabbiyi!

Mirjalol Normatov
18 sen 2025, 20:08
"Benfika" matbuot xizmati Joze Mourinyuning jamoaga bosh murabbiy bo'lganini ma'lum qildi.

Klub va 62 yoshli mutaxassis o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.

Qayd etish kerak, YCHL saralashida aynan "Benfika"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin Joze "Fenerbaxche" bosh murabbiyligidan ketgandi.

U 2000 yilning sentyabridan dekabrigacha "Benfika"ni boshqargan. Keyinchalik "Portu", "Chelsi", "Inter", "Real", "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Roma" kabi jamoalarda ham faoliyat olib bordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: slbenfica.pt