So’nggi yangiliklar

12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  2 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  1 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  5 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  5 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  19 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  5 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  3 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  7

Superliga. Keskin kurashlarga boy o'yinda "So'g'diyona" "Neftchi" bilan bir ochkodan bo'lishib oldi Yangiliklar

Superliga. Keskin kurashlarga boy o'yinda "So'g'diyona" "Neftchi" bilan bir ochkodan bo'lishib oldi

Coca Cola Superligasining 16-turi doirasidagi "Neftchi" – "So'g'diyona" bahsi yakuniga etdi.

Neftchi

Superliga. 16-tur

11/08/2023, 20:00

0
:
0
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
32'  Giorgi Nikabadze
55'  Bachana Arabuli (Ulug'bek Hoshimov)
64'  Lutfulla To’rayev (Abbos G'ulomov)
64'  Mirzohid G’ofurov (Diyor Turopov)
69'  Ulug'bek Hoshimov
82'  Muhsin Ubaydullaev (Tomislav Mrchela)
82'  Giorgi Nikabadze (Izzat Abdullaev)
90'  Izzat Abdullaev
90'  Izzat Abdullaev
28'  Dzenan Zaymovich
38'  ZHavohir Qahramonov
60'  Samandar Sindarov (Ulug'bek Kenjaev)
60'  Mirjalol Abdumutalov (Nodirjon Soyibov)
72'  Ulug'bek Kenjaev
72'  Dzenan Zaymovich (Samandar Mavlonqulov)
86'  Lupche Doriev (ZHasur YOqubov)
86'  Milan Mitrovich

Superliga-2023, 16-tur

"Neftchi" – "So'g'diyona" 0:0 

11.08.2023, 20:00

"Istiqlol" stadioni, Farg'ona

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Qanot hakamlari: Husan Xudoyberdiev, Islom Nosirov

Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov

VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev

AVAR hakami: Anvar Marajabov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Sardor Qudratullaev

"Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Jo'raboev, 7.Umar Adhamzoda, 8.SHarof Muhitdinov, 13.Lutfulla To'raev (70.Abbosjon G'ulomov, 64), 19.Mirzohid G'ofurov (23.Diyorjon Turopov, 64), 21.Muhsinjon Ubaydullaev (5.Tomislav Mrchela, 82), 22.Giorgi Nikabadze (11.Izzatilla Abdullaev, 82), 24.G'ulom Haydar Gulyamov, 26.Oleysey Larin, 40.Bachana Arabuli (9.Ulug'bek Hoshimov, 55).

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 3.Nodirxon Nematxonov, 28.Fozil Musaev, 77.Biloljon Toshmirzaev.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Abdulloh Omonaliev, 6.Alisher Salimov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 9.Zenan Zaymovich (88.Samandarjon Mavlonqulov, 72), 10.Javohir Qahramonov, 14.Lyupcho Doriev ( 2.Jasurbek Yoqubov, 86), 15.Tarik Isich, 18.Mirjalol Abdumutalov (32.Nodirjon Soyibov, 60), 80.Samandar Sindarov (90.Ulug'bek Kenjaev, 60), 93.Marko Kolakovich.

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 4.Elyor Orifov, 20.Amirbek Fayziev, 21.SHohruhjon Muxsinov, 22.Sanjar SHoahmedov.

Ogohlantirishlar: Zenan Zaymovich (28), Giorgi Nikabadze (32), Javohir Qahramonov (38), Ulug'bek Hoshimov (69), Ulug'bek Kenjaev (72), Milan Mitrovich (86), Izzatilla Abdullaev (90+3).

CHetlatish: Izzatilla Abdullaev (90+7).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



BAHS YAKUNLANDI!

90+7. Izzatilla Abdullaev qo'pollik ishlatgani bois yana sariq oldi va bu avtomatik qizil kartochkaga aylandi. 

90+7. "Neftchi" jarima zarbasiga ega bo'ldi, ammo bundan samara chiqmadi.

90+3. Maydonda tala-to'p boshlanib ketdi. Hakam janjal qilgan futbolchilardan biri – Abdullaevni ogohlantirdi. 

90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shib berildi.  

86. "So'g'diyona"da almashtirish: Doriev o'rniga Yoqubov bahsni tugatib qo'yadi. 

86. Mitrovich vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochka olishga ham ulgurdi. 

84. Burchakdan oshirilgan to'pni qaytarayotganda raqib bilan to'qnashib ketgan Mitrovichga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

82. "Neftchi"da 2 ta o'zgarish: Ubaydullaev o'rniga Mrchela, Nikabadze o'rniga Abdullaev tushirildi. 

80. Adhamzodaning uzatmasi himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi. 

78. Zarba! SHarof Muhitdinov qanotdan uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga yo'naltira olmadi.

76. Ulug'bek Hoshimov o'ng qanotdan oldinga borayotganida Muhammadsafo Fozilov tomonidan qo'pollik evaziga to'xtatib qolindi. 

74. "So'g'diyona"da o'zgarish: Zaymovich o'rniga Mavlonqulov tushirildi.

72. Ulug'bek Kenjaev qo'pollik ishlatgani, so'ngra janjallashgani bois sariq kartochka oldi. 

71. Zarbaa! Turopovning zarbasidan keyin Mitrovich to'pga ega chiqdi. 

69. To'pni qo'li bilan o'ynagan Hoshimovga sariq ko'rsatildi.

68. Hakam VAR'ga murojaat etmoqda. Gol urilgan vaziyatda Ulug'bek Hoshimov qo'l bilan harakat qilgani malum bo'ldi va gol bekor bo'ldi. 

66. GOLUmar Adhamzoda qanotdan kirib borib, uzatmani amalga oshirdi, darvozabrn Mitrovich to'pni o'z darvozasiga kiritib yubordi.

64. Zarbaaa! Abbos G'ulomovning kuchli zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

64. "Neftchi"da 2 ta almashtirish: To'raev o'rniga G'ulomov, G'ofurov o'rniga Turopov o'yinga qo'shildi. 

63. Zarbaaa! Nikabadzening zarbasini Mitrovich ushlab oldi va jamoasi joniga ora kirdi,

60. "So'g'diyona"da 2 ta o'zgarish: Samandar Sindarov o'rniga Ulug'bek Kenjaev, Mirjalol Abdumutalov o'rniga Nodirjon Soyibov maydonga tushdi

58. Muhsin Ubaydullaev "So'g'diyona" azosi bilan to'qnashuvda jabrlandi va hakamga etiroz bildirmoqda. 

57. O'yin tempi yuqori, ikki jamoa ham bosim qo'llashga urinmoqda — to'p "Neftchi"da bo'lganida "So'g'diyona", to'p "So'g'diyona"da bo'lganida "Neftchi".

55. "Neftchi"da o'zgarish: Arabuli o'rniga Hoshimov tushdi. 

54. Adhamzoda qarshi hujumga o'tib ketdi, ammo raqiblar qurshovida qolgani uchun to'pni yo'qotdi. 

51. Zarba! Muhitdinovning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng Mitrovich to'pni ilib olishga erishdi. 

49. Zarba! Gulyamovning olisdan bergan zarbasi ancha noaniq. Ox-xooo!

48. Gulyamovning chap qanotdan belgilangan jarima zarbasidan uzatgan to'pini Mitrovich egallab oldi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45+3. Alisher Salimov tibbiy yordamga muhtoj ko'rinmoqda. Yo'q, hammasi joyida. Hakam Salimov bilan gaplashdi va uning holati yaxshi ekanligini bilgach, o'yinni davom ettirishga buyruq berdi. 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi. 

43. Zarbaaa! Muhammadsafo Fozilovning zarbasi juda xavfli, ammo noaniq bo'ldi.

38. "So'g'diyona" sardori Javohir Qahramonov Muhsin Ubaydullaevga nisbatan juda qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi. 

37. O'yin ayovsiz tus oldi. Kurashlar, qo'polliklar talaygina.

35. Ivan Boshkovich to'xtovsiz etiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi. 

32. Giorgi Nikabadze havodagi kurashda qoidani buzgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

30. Zarbaaa! Nikabadze kuchli zarbasi orqali darvoza ustunini poyladi! Dahshat! 

28. Zenan Zaymovich qoidani buzgani bois ogohlantirildi.

26. Zarba! Alisher Salimovning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

23. Bu gal Lutfulla To'raev Abdulloh Omonalievgi nisbatan qoidani buzdi, jarima to'pi.

21. Samandar Sindarov chap qanotdan oldinga borib, Muhsinjon Ubaydullaev bilan to'qnashib ketdi, Ubaydullaevning oyog'i biroz lat edi. 

19. Zarbaaaa! Giorgi Nikabadzening yaqin masofadan yo'llagan chalg'ituvchi zarbasi xavfli, ammo noaniq ketdi. 

14. Zarbaaaa! Lyupcho Dorievning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

13. Hakam va ikki jamoa azolari orasida qandaydir ziddiyat yuzaga keldi. "So'g'diyona" jarima zarbasi tepadi. 

11. Farg'onalik ishqibozlar sevimli jamoalarini astoydil qo'llab-quvvatlab turishibdi. 

8. Umar Adhamzoda Fozilov tomonidan yiqitildi. 

5. Bosh hakam VAR bilan maslahatlashib, qarorni o'z kuchida qoldirdi. 

4. GOL! Nikabadze darvozani ishg'ol qildi, biroq Mirzohid G'ofurov ofsaydda qolib ketgani bois gol bekor qilindi. 

1. O'yin boshlandi! 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика