So’nggi yangiliklar

01:55ПСЖ финалда "Интер"га жавобсиз 5та гол урди ва ўз тарихида биринчи марта ЕЧЛ бош совринига эга чиқди  108 00:51Сарри Римга қайтишга яқин  2 00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  2 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  1 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  1 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  59 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  2 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  36 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0

Coca Cola Superliga. AGMKning mag'lubiyatsiz seriyasi Bekobodda yakunlandi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. AGMKning mag'lubiyatsiz seriyasi Bekobodda yakunlandi

Teglar :  MetallurgAGMK
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Metallurg" - AGMK uchrashuvi yakunlandi.

METALLURG – AGMK 1:0

Gol: Qutibaev 67.
12 sentyabr 2020 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 19:00
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Bektursin Kannazarov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Zoxirjon Akramxonov.


"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbos Otaxonov, 8.Salamat Qutiboev, 14.Abror Toshqo'ziev, 15.Zohid Abdullaev (10.SHahzod Ubaydullaev 61), 21.Kamoliddin Tojiev, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (7.Doniyor Narzullaev 61), 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Stanislav Andreev, 43.Davron Anvarov (11.Murodbek Bobojonov 79), 88.Evgeniy CHumak.
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 4.Odilbek Abdumajidov, 9.Mahmudjon Qudratullaev, , 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 36.To'lqin Ergashev.

AGMK: 35.Valijon Rahimov, 2.Akmal SHorahmedov ( 20.Mirg'iyos Sulaymonov 83), 3.Sardor Rahmonov ( 5.Dilshod Jo'raev 73), 7.Elguja Grigalashvili, 9.Zafar Polvonov (21.Mate Vatsadze 78), 11.Murod Toshmatov, 17.Sanjar Tursunov, 18.Bahrom Abdurahimov (10.SHahzod Nurmatov 78), 23.Yovan Jokich, 44.Bobur Yo'ldoshev, 77.Arslonmirat Amanov (94.Husniddin G'ofurov 73).
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 4.Mirjamol Qosimov, 30.Jasur Umarov, 88.Igor Zonich.

Ogohlantirish: Yo'ldoshev 24, Abdulhaqov 39, Grigalashvili 90+2.

Metallurg

Salamat Qutiboev - 67'

Superliga. 14-tur

12/09/2020, 19:00

0
:
1
Tugadi

OKMK

45'
90'
39'  Abduraxmon Abdulxaqov
61'  Zohid Abdullayev (Shahzod Ubaydullayev)
61'  Abduraxmon Abdulxaqov (Doniyor Narzullayev)
67'  Salamat Qutiboev
79'  Davron Anvarov (Murod Bobojonov)
24'  Boburbek Yuldashev
73'  Sardor Rahmonov (Dilshod Jo’rayev)
73'  Arslanmirat Amanov (Husniddin G’ofurov)
78'  Zafar Polvonov (Mate Vatsadze)
78'  Bahrom Abdurahimov (Shahzodbek Nurmatov)
83'  Akmal Shorahmedov (Mirg’iyos Sulaymonov)
90'  Elguzha Grigalashvili


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

MATNLI TRANSLYACIYA


UCHRASHUV YAKUNLANDI! AGMK ushbu mavsumda ilk marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rmoqda. 

90+3. "Metallurg" futbolchisining bergan kuchli zarbasi biroz noaniq.

90+2. Elguja Grigalashvili Narzullaevga nisbatan qo'pol o'ynadi. Sariq kartochka.

90. Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi. 

90. Nurmatovdan navbatdagi noaniq zarba.

86. Olmaliqliklar oldinga o'tishmoqda.

83. AGMKda o'zgarish: SHorahmedov o'rniga Sulaymonov tushdi.

82. Nurmatov ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi.

79. SHipilov ham o'zgartirish amalga oshirdi: Anvarov o'rniga Bobojonov maydonga tushirildi. 


(Foto: Jahongir Fayzullaev)


78. AGMKda yana ikkita o'zgarish. Polvonov o'rniga Vatsadze, Abdurahimov o'rniga Nurmatov o'yinni davom ettiradi. 

73. AGMKda ikkita o'zgarish. Rahmonov o'rniga Jo'raev, Amanov o'rniga G'ofurov maydonga chiqdi.



67. GOOOL! Salamat Qutibaev Toshpo'latovning etkazgan to'pini golga aylantirdi. AGMKning yosh posboni ushbu vaziyatni golni tomosha qilib qoldi halos.

65. Amanov chap qanotdan etkazib berilgan to'pga qiyinchilik bilan etib bordi. Ammo zarba berishga noqulay vaziyat edi. 

64. Sanjar Tursunovning bergan zarbasini Lobanov qiyinchiliksiz egallab oldi. 

64. AGMK jarima zarbasini tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)



61. Mezbonlarda ikkita o'zgarish. Abdullaev o'rniga Ubaydullaev, Abdulhaqov o'rniga Narzullaev o'yinni davom ettiradi. 

57. "Metallurg" futbolchilari faollashishdi. 

53. Grigalashvili raqib jarima maydoni ichida yiqildi. Biroq hakam vaziyatga to'g'ri baho bera oldi. Davom etamiz. 

48. Abdurahimov yana to'qnashuvda jarohatlandi. Unga tibbiy yordam ko'rsatishdi. Futbolchi o'yinni davom ettiradi.

46. Ilk daqiqalardayoq AGMK futbolchilari hujum uyushtirishdi. Ammo hujum offsayd bilan yakunlandi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Hakam birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berdi. 



44. AGMKda yana bir vaziyatttt!!! Amanovning bergan zarbasini Lobanov ushlab oldi. Turkmanistonlik futbolchi ushbu vaziyatda Polvonovga to'pni oshirishi mumkin edi, ammo o'zi zarba berishni maqul ko'rdi.

42. Maydon markaziga yaqin joyda Grigalashvili va Toshpo'latov o'zaro to'qnashdi. Futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

39. Abdurahmon Abdulhaqovga sariq kartochka ko'rsatildi.

37. Olmaliqliklar asosan o'ng qanot orqali hujumlarni uyushtirishga harakat qilishmoqda.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


34. To'p nazorati nisbatan AGMK azolarida.

30. AGMK futbolchisining jarimadan bergan zarbasini raqib himoyachisi bartaraf etdi.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


27. Polvonovning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. 

24. Bobur Yo'ldoshev Abror Toshqo'zievga qarshi o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

23. CHumakning bergan zarbasi noaniq. 

21. Olmaliqliklar oldinga borishmoqda. Lekin bu hozircha foydasiz.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


15. "Metallurg" futbolchilari oldinga o'tishdi. Ammo hujum o'z samarasini bergani yo'q.

11. Xavfli vaziyatttt!!! Avvaliga Polvonovning boshi bilan bergan zarbasini Lobanov bartaraf etdi, keyin esa Sanjar Tursunov raqib darvozasini nishonga olgandi, ammo ushbu vaziyatda bekobodliklar himoyachisi aniq harakat qildi. Hisob ochilmay qoldi. 

8. AGMKdan qarshi hujum. Amanovning bergan zarbasi juda-juda noaniq. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)

7. Mezbonlar standart vaziyat orqali raqib jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat yuzaga keltirmoqchi bo'lishdi. Biroq AGMK himoyachilari aniq harakat qilishdi.

4. Endi esa Abdurahimov CHumak bilan to'qnashdi.

2. Dastlabki daqiqalardanoq maydonda keskinik. Abdurahimov to'qnashuvda kichik jarohat olgan ko'rinadi. 

-UCHRASHUV BOSHLANDI!

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun sizlar bilan birgalikda Superliga 14-turi doirasida Toshkent viloyati derbisini birgalikda kuzatamiz.

- O'yin soat 19:00da boshlanadi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика