So’nggi yangiliklar

16:39Муҳаммадали Ўринбоев: "Яман жуда яхши ўйин кўрсатди, лекин бизда ғалабага бўлган ишонч юқори эди"  0 16:28U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг гуруҳдошлари Эрон ва Индонезия ўзаро баҳс олиб бормоқда, Иордания Саудия Арабистони синовидан ўтмоқда  0 16:11U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистон илк турда Яманни қийинчилик билан мағлуб этди  81 15:48"Андижон" Чехия жамоасидан енгилди  3 15:27Криштиану Роналду йилнинг энг юқори даромадли спортчиси деб топилди  6 15:01Эшитдик-да! "Олимпик" футболчиси легионерга айланди  3 14:29"Барселона" ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  4 14:00U-20 Осиё Кубоги. Ироқ КХДР билан муроса кўчасини танлади  0 13:45Англия терма жамоасининг собиқ устози Саутгейт китоб чиқаради  1 13:21Ўзбекистон стадионга етиб келди!  4 12:34U-20 Осиё кубоги. Порлаши кутилаётган футболчилар  3 12:10Саудия Арабистони элчиси ЖЧ-2034да спиртли ичимликларга рухсат берилмаслигини айтди  0 11:46Месси Adidas компаниясининг янги бутсасини тақдим этди  9 11:25«Челси»нинг асосий футболчиларидан бири камида 1 ойга сафдан чиқди  6 11:10U-20 Осиё кубоги. Терма жамоалар ҳақида фактлар  3

Coca Cola Superliga. "Andijon" supergol evaziga o'z maydonida "Surxon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Andijon" supergol evaziga o'z maydonida "Surxon"ni mag'lub etdi

Teglar :  AndijonSurxon
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatish va gollarni tomosha qilib borish mumkin. 



Coca Cola Superliga, 2-tur

ANDIJON – SURXON - 1:0
16 mart 2021 yil. Andijon. "Bobur Arena" stadioni. 13800 tomoshabin.
Hakamlar
: Vadim Agishev, Ruslan Serazitdinov, Timur Gaynullin, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Zoxirjon Akramxonov

Gol: Doniyor Ismoilov 14, - 1:0.

"Andijon": 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 3.Edgar Bernxardt (77.Muhammad Isaev, 59), 4.Usmonali Ismonaliev, 7.Martin Boaki, 10.Jasur Jaloliddinov, 14.Doniyor Ismoilov (9.Kamron Saydazimov, 70), 18.Abdug'ani Kamolov, 28.Sunnatillo Hamidjonov (6.Ibrohim Otaxonov, 46), 33.Doniyor Abdumannopov, 49.Plamen Dimov, 70.Diyor Rahimqulov.
Zaxira: 44.Jasur Umrzoqov, 2.Kamron Nadjafaliev, 8.Baxtiyor Qosimov, 17.Farhod Sohibjonov.

"Surxon": 13.Akrom Xo'jaev, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Islom Toshpo'latov (9.Nizomjon Norov, 77), 10.Murod Bobojonov, 11.Zohir Pirimov, 15. Vladimir Bubanya, 20.Husniddin G'ofurov, 21.Javohir Esonqulov (14.Jasur Xolto'raev, 52), 66.Behruz SHaydulov, 77.Asror G'ofurov.
Zaxira: 12.Rustam Nartadjiev, 3.Kamoliddin Ashurov, 8.Jahongir Ahmadov, 19.Nuriddin Hasanov, 70.Ibrohim Yo'ldoshev. 

Ogohlantirishlar: Martin Boaki 26, Asror G'ofurov 60, Murod Bobojonov 71, Ibrohim Otaxonov 86.


YANGILASH



90+4. Uchrashuv yakunlandi, "Andijon" - "Surxon" 1:0

"Bobur arena" o'yingohiga 13800 nafar tomoshabin tashrif buyurgani aytildi.

90+1. ZARBAAAAAAAAAAAA! Jasur Jaloliddinov birga bir vaziyatda zarba berdi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi!

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

87. UXXXX! Martin Boake bu safar xam darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

86. Ogohlantirish. "Andijon". Ibrohim Otaxonov

85. UXXXX! Doniyor Abdumannopov sherigiga to'pni etkazib berishda xatolikka yo'l qo'ydi. Natijada termizliklar hujumni bartaraf etishdi.

77. O'zgarish. "Surxon". Islom Toshpo'latov o'rniga Nizomjon Norov

71. Ogohlantirish. "Surxon". Murod Bobojonov

70. O'zgarish. "Andijon". Doniyor Ismoilov o'rniga Kamron Saydazimov maydonga tushdi

68. Jasur Yoqubovning jarima maydoniga uzatgan to'pini Bobojonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Ziyovutdinov to'pni egallab oldi

60. Ogohlantirish. "Surxon". Asror G'ofurov

59. O'zgarish. "Andijon". Bernxardt o'rniga Isaev tushdi

57. ZARBAAAAAAAAAAAAA! CHap qanotdan oshirilgan to'pni Murod Bobojonov zarba berdi, noaniq! 

56. ZARBAAAAAAAAAAAA! Jasur Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi! 

55. Usmonali Ismonalievga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

52. O'zgarish. "Surxon". Javoxir Esonkulov o'rniga Jasur Xolto'raev maydonga tushdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. "Andijon". Sunnatullo Hamidjonov o'rniga Ibrohim Otaxonov maydonga tushdi.


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

39. ZARBAAAAAAAAA! Jasur Jaloliddinovning burchakdan oshirib bergan to'piga Plamen Dimov zarba berdi. Biroz noaniq

37. Jasur Jaloliddinovning olis masofadan bergan zarbasidan so'ng to'pni raqiblar posboni egallab oldi.

36. "Surxon"ning hujumi, Ziyovutdinov to'pga birinchi etib keldi

33. UXXX! "Surxon"dan yana bir jarima to'pi, Esonqulov raqib posboni Ziyovutdinov bilan to'qnashib ketdi. SHifokorlar ikkala futbolchiga yordam ko'rsatishdi

31. ZARBAAAAAAAAAAA! Jarima to'pi jonli devorga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Asror G'ofurov darvozaga yo'lladi, noaniq!

30. Martin Boaki jarima maydoni yaqinida raqibni yiqitdi va "Surxon"da jarima to'pi

26. Ogohlantirish. "Andijon". Martin Boaki

23. UXXX! Murod Bobojonov jarima maydonchasi ichida xavli vaziyat yaratdi. To'pni Sunnatullo Hamidjonov egallab oldi.

21. Hisob ochilganidan so'ng "Surxon"ning hujumlari ko'paydi

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Doniyor Ismoilov jarima to'pini ajoyib tarzda amalga oshirdi va hisobni ochdi - 1:0.



13. Jasur Yoqubov Martin Boakini yiqitdi va mezbonlarda xavfli jarima to'pi

11. Doniyor Abdumannopov ayni paytda juda faol o'ynamoqda

7. Jasur Jaloliddinovning raqiblar jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini raqib himoyachilari egallab olishdi.

5. "Bobur Arena" tomoshabinlar bilan deyarli to'lgan

2. "Surxon" futbolchisi Islom Toshpo'latovning  amalga oshirgan jarima zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 16:15da boshlanadi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика