So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

CHindan ham hech kim JCH saralashida rotaciyaga murojaat qilmaydimi? Yangiliklar

CHindan ham hech kim JCH saralashida rotaciyaga murojaat qilmaydimi?

Kecha O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida qiziq mavzu ko'tarildi.

Mavzu tarkibda rotaciya qilish bilan bog'liq edi. Bunga Katanec "Jahon chempionati saralash o'yinlarida hech kim rotaciya qilmaydi" qabilida javob berdi.

Men dam olish kuni tongini kechagi o'yinlarda ishtirok etgan ettita jamoaning boshlang'ich tarkiblarini tekshirish uchun sarflashga qaror qildim, deydi Alisher Nikimbaev

Ushbu jamoalar allaqachon uchinchi bosqichda ishtirok etish huquqini kafolatlagan edi: Iroq, Avstraliya, Eron, Yaponiya, O'zbekiston, Qatar va BAA. 

Yani turnirdagi vazifalarini hal qilishda ortiqcha kuch sarflashi lozim bo'lmagan, hatto rasmiyatchilik uchun bo'lsa-da (Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni singari) maydonga tushgan hamda sentyabrdagi uchinchi bosqich bellashuvlari haqida bosh qotirishi kerak bo'lgan jamoalar haqida gap ketmoqda.


Men ushbu jamoalarni beshta ko'rsatkich asosida taqqosladim:

- boshlang'ich tarkib o'yinchilarining o'rtacha yoshi

- 2001 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi futbolchilar soni

- terma jamoadagi o'rtacha o'yinlar soni

- 10 tadan kam o'yin o'tkazgan futbolchilar soni

- debyutantlar soni

Mana, qanday ko'rsatkich hosil bo'ldi:

Iroq
- 28 yosh, 3 oy
- 1
- 34,8
- 1
- 0


Avstraliya
- 25 yosh, 11 oy, 1 kun
- 2
- 20.7
- 4
- 1


Eron
- 27 yosh, 8 oy, 17 kun
- 3
- 31,9
- 5
- 0


Yaponiya
- 26 yosh, 11 oy, 24 kun
- 0
- 17,7
- 5
- 0


O'zbekiston

- 28 yosh, 5 oy, 15 kun
- 0
- 39
- 0
- 0

Qatar
- 22 yosh, 5 oy, 6 kun
- 9
- 11,7
- 8
- 6


BAA
- 23 yosh, 5 oy, 25 kun
- 6
- 18,8
- 3
- 1


Ko'rib turganingizdek, kecha Katanec turnir jadvalida bir xil holatda turgan jamoalarga nisbatan eng keksa va tajribali tarkibni maydonga tushirgan. O'zbekiston terma jamoasi boshlang'ich tarkibida 23 yoshgacha bo'lgan birorta ham futbolchi yo'q edi (eng kichigi dekabr oyida 23 yoshga to'lgan Oston O'runov edi). SHerzod Nasrullaev uchun kechagi uchrashuv 23-o'yin (flashscore malumoti bo'yicha) bo'ldi va u asosiy tarkibda tushganlar ichida eng kam o'yin amaliyotiga ega futbolchi edi.

Umuman olganda, kecha Taremi, Azmun, Jahonbaxsh va G'addos o'ynagan Eron terma jamoasi haqida gapirgan Katanec haq edi. Ammo ayni paytda Eron terma jamoasida 1 tadan 3 tagacha o'yin o'tkazgan to'rt nafar futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi. 29 yoshli Niyozmand darvozadan joy oldi (8 ta o'yin), Beyravand esa zaxirada qoldirildi.

Ammo Eron bizga taqqoslaganda durustroq - tarkibda yosh va tajribali o'yinchilarni maydonga tushirish bo'yicha taqqoslovda uchinchi pog'onada joylashgan. Ko'rsatkichlarga nazar solsangiz, Yaponiya (10 dan kam o'yin o'tkazgan 5 nafar futbolchi), Birlashgan Arab Amirliklari (23 yoshgacha bo'lgan 6 nafar futbolchi), ayniqsa, Qatar (bitta o'yinda 6 nafar debyutant) yaqqol ko'zga tashlanadi.

Men Katanecga (yoki boshqa murabbiyga) kimni terma jamoaga chaqirish-chaqirmaslik, rotaciya qilish-qilmaslik, qanday taktikani tanlash haqida maslahat berishni o'z zimmamga olmayman. Bularning barchasi murabbiyning ixtiyoriga havola.

Men faqat Katanec va uning uchun tahliliy malumotlarni tayyorlayotganlarga maslahat bera olaman: ularning bir-birini chalg'itishiga hojat yo'q. Jahon chempionati saralash o'yinlarida tarkibda rotaciya qiladigan terma jamoa va murabbiylar bor. Agar Katanec bu yo'ldan borishni istamasa, bu uning huquqi va men uni tushunaman: natija uchun javobgarlikni hech kim bekor qilmagan.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика