So’nggi yangiliklar

20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  1 20:21U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  81 20:14Туркия Суперкубоги. "Галатасарой" - "Фенербаҳче" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 19:01Англия Кубоги. "Манчестер Сити" - "Эксетер". Асосий таркиблар маълум!  5 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  1 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  8 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  5 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  4

CHerchesov Ispaniya bilan o'yindan oldin g'alati ishga qo'l urganini tan oldi Yangiliklar

CHerchesov Ispaniya bilan o'yindan oldin g'alati ishga qo'l urganini tan oldi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov mamlakatning birinchi raqamli "Pervyy" kanalidagi "Pozner mehmoni" ko'rsatuvida ishtirok etdi.

Rossiya terma jamoasining JCH tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etgan murabbiy futbol, xususan mundialdagi muvaffaqiyat haqida gapirdi. Biz Stanislav CHerchesovning bazi fikrlarini etiboringizga havola etamiz.

- "Muvaffaqiyatning ikki turga bo'linadi: Ehtirosli va sportcha. Rossiya terma jamoasi mundialda muxlislarni xursand qilgan ehtirosli muvaffaqiyatga erishdi. Ammo sportdagi yutuqni hali qo'lga kiritganimiz yo'q. CHunki kubok Franciyaga ketdi, kumush yoki bronza medallari bizni bo'ynimizga taqilgani yo'q.", deya Jahon chempionatidagi ishtirokini baholadi Stanislav CHerchesov.


CHerchesov Ispaniyaga qarshi o'yinda jamoasini futbolni unutishga chaqirganini takidladi.

- "Biz futbolchilarga Ispaniya bilan o'yinda futbol haqida unutishlari kerakligini tushuntirish uchun juda ko'p vaqt sarfladik. CHunki Ispaniyani futbol o'ynab yutishning imkoni yo'q. Mana yaqinda JCH finalchisi xorvatlar bunga urinib ko'rishmoqchi bo'ldi va 0:6 hisobida yutqazishdi".


CHerchesov Rossiya terma jamoasi o'zi uchun futbol o'ynamasligini bildirdi.

- "Biz o'zimiz uchun futbol o'ynamaymiz. Qachonki sen o'zing uchun futbol o'ynashni boshlasang, unda tribunalar bo'shashni boshlaydi. Terma jamoaga nafaqat sportchi, balki fuqaro sifatida ham bunga munosib va loyiqroq bo'lgan futbolchilarni jalb etamiz. Rossiya terma jamoasining shiori shunday: Maydonda ham, uning tashqarisida birgalikda".



Stanislav CHerchesov Rossiya terma jamoa orzu qilishni bas qilganini tan oldi.

- "Biz anchadan buyon orzu qilishni to'xtatganmiz. Rossiya terma jamoasi orzu qilmaydi, aksincha, o'z oldiga maqsad qo'yadi. Maqsad aniq. Ammo bu maqsadlarga hali erishganimiz yo'q. Qanday maqsadligi haqida so'ramang, chunki bu haqda gapirishni boshlasak, ko'pchilik bunga to'siq qo'yishga kirishib ketadi".


Stanislav CHerchesov JCH oldidan tanqidlar yomg'iri paytida istefo haqida o'ylaganmi, degan savolga javob berdi.

- "Men o'sha payti bir soniya ham terma jamoadan ketish haqida o'ylamaganman".


"The Best" sovrini uchun kimga ovoz berganini qisqacha izohlab o'tdi.

- "Futbol bu figurali uchish emas. Bu erda artistik qobiliyati uchun ochko berilmaydi. Futbolda muhimi natija. SHu boisdan ham men birinchi o'ringa Dide Deshamni, ikkinchi pog'onada Zidan va keyin Simeoneni qo'ydim".


Futbolda pul eng katta motivaciya emasligi haqida to'xtaldi.

- "Pul - eng muhim va yagona motivaciya emas. Ronaldu "Yuventus"ga pul uchun emas, o'zini yangitdan motivaciya qilib, oltinchi "Oltin to'p"ni yutish uchun o'tdi. Futbolchi o'zining "men"ini har qanday shartnoma va klublardan ustun qo'yishi kerak".


CHerchesov futbolni biznes deb atadi.

- "Futbol - biznes. Masalan biz chiqqan efirni bugun hech kim ko'rmasa, unda biz ham bu ko'rsatuvga taklif etilmagan bo'lardik".


Qaysi jamoani boshqarishni orzu qiladi?

- "Men mamlakatimizning asosiy jamoasini boshqaryapman. "Spartak"da ishlaganman. CHapaev aytganidek, avvalo tilni bilish lozim. CHunki boradigan joyda tarjimon bilan ovora bo'lmasdan ishlash kerak. Masalan men nemischani bilaman. SHu boisdan ham Germaniyada ishlash osonroq. Kelajakda "Bavariya"ni boshqarishni istardim. CHunki menda bu borada til bilan muammo bo'lmasdi".

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика