Cherchesov – Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2024
Stanislav Cherchesov rasman Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

60 yoshli mutaxassis imzolagan shartnoma shartlari keyinroq ma'lum qilinadi.

Xabaringiz bor, Cherchesov qariyb bir yil murabbiylik qilmadi – murabbiy 2023 yilning iyulida – "Ferencvarosh" Chempionlar Ligasi saralashida muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ishdan bo'shatilgandi. Endi Cherchesov asosiy faoliyatiga qaytmoqda.

Eslatib o'tamiz, Stanislav o'z vaqtida Rossiya terma jamoasiga ustozlik qilgan va JCH-2018 chorak finaliga qadar yetib borgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: euro-football.ru