"Everton" Adama Traoreni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2022
"Calciomercato" xabariga ko'ra, "Everton" Budapeshtning "Ferencvarosh" klubi va Mali termasi yarim himoyachisi Adama Traorega qiziqish bildirmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, Angliya klubi qishki transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

27 yoshli Traore joriy mavsum "Ferencvarosh" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato