Iyunda Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Cherchesov klub bilan shartnoma imzolashga yaqin?!

Alisher
16 avg 2024, 13:06
Stanislav Cherchesov "Ludogorec" murabbiyiga aylanishi mumkin.

Qozog'iston terma jamoasining rossiyalik murabbiyi Bolgariyaning amaldagi chempioni bosh murabbiyligi uchun nomzod, bu haqda mahalliy "24 chasa" va Gong saytlari xabar bermoqda.

Cherchesovning muzokaralar uchun Razgradda ekani qayd etilmoqda. 60 yoshli murabbiy 17 avgust kuni "Levski"ga qarshi bahsdan so'ng jamoani qabul qilib olishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Cherchesov iyun oyining boshida Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: 24chasa.bg