CHeran OCHLning qolgan o'yinlarini o'tkazib yuboradi
19 apr 2022 22:24
Yangiliklar


CHeran OCHLning qolgan o'yinlarini o'tkazib yuboradi
"Paxtakor" etakchisi Dragan CHeran OCHL guruh bosqichining 3-turida jarohatga yo'liqqan edi.
Championat.asia'ga malum bo'lishicha, serbiyalik futbolchi yaqin 1 oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuboradi.
Bu "Paxtakor" uchun oddiy yo'qotish emas. Statistikaga qarasak, Toshkent klubi joriy yilda urgan gollarning 50 foiziga (5/10) aynan Dragan mualliflik qilgani ko'rinadi. "SHerlar" CHeran maydonga tushmagan so'nggi 7 o'yinning birortasida g'alaba qozona olishmagan (2 durang, 5 mag'lubiyat).
SHunday ekan, OCHLning oxirgi 2 turi oson bo'lmasligi aniq. "SHerlar"ni O'zbekistonda ham qiyin taqvim kutib turibdi (AGMK va "Nasaf"ga qarshi o'yinlar).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar